Xalq banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalq banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Shiori Doimo yoningizdagi bank
Litsenziyasi №25 25-yanvar 2003-yil[1]
Faoliyati Barcha turdagi bank xizmatlari
Avvalgi nomi O‘zjamg‘armabank
Boyligi
Aktivlari 2,7 trln. soʻm (2013)
2,1 trln. soʻm (2012)
Sof foydasi 45,753 mlrd. soʻm (2014)
40,434 mlrd. Soʻm (2013)
Shoʻba tashkilotlari «Xalq sug‘urta»,
«Xalq invest» MChJ[5]
Auditor «Grant Tronton»[6]
Sayti www.xb.uz
Xalq banki Vikiomborda

Xalq banki ATB — O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biridir.

Bank haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan.

Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir.

Bank Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga o‘zgartirilgan.

Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.

Xizmat tarmoqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda, Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

  • 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari,
  • 106 ta „Bank xizmatlar markazi“,
  • 3 000 dan ortiq kassalar;
  • 355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda.

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda.

Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi:

  • eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko‘lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo‘ylab foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo‘lish;
  • xodimlar faoliyati uyg‘unligini taʼminlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo‘lish.


Bank reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020 yilda "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" — „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega bo‘ldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari:  yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati;  xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish;  ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi o‘zgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali o‘z biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qo‘llab-quvvatlash, filiallar tarmog‘ining o‘zaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.

Shuningdek, milliy shkala bo‘yicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" — „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" — „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.

Bank tasarrufidagi tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Xalq Sug‘urta" — ijtimoiy vazifalarning hal etilishida Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajaruvchi ishonchli va barqaror tashkilotdir. Biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarining mulkiy va shaxsiy manfaatlarini sug‘urta qilishni taʼminlash, mikrosug‘urtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlariga faol rivojlantirib olg‘a surish uchun „Xalq Sug‘urta“ sug‘urta kompaniyasini tuzdik.

Bank mahsulotlari va xizmatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank tomonidan anʼanaviy bank mahsulotlari va xizmatlarining barcha yo‘nalishlari, jumladan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun depozit mahsulotlarining keng ro‘yxati, kreditning xilma-xil turlari, akkreditiv operatsiyalari, plastik kartalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish, hisob raqamlarini tezkorlik bilan ochish va yuritish, jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblarini yuritish, interaktiv bank xizmatlari, xalqaro pul o‘tkazmalari, lotereya o‘yinlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Xalq banki o‘z mijozlariga xizmatlardan foydalanishning eng qulay va foydali usullarini taklif etadi.

Yuridik maqomga ega mijozlarni kichik biznes, o‘rta biznes va korporativ mijoz segmentlariga ajratgan holda ular uchun mos moliyaviy xizmatlar va bank mahsulotlari taklif qilinmoqda. Yuridik shaxslar uchun 20 xildan ortiq milliy va horijiy valyutada kreditlar ajratiladi. Bugungi kunga kelib 265 215 ta yuridik mijozlar hisob raqami mavjud bo‘lib, shundan 120 388 tasi (45 %) harakatdagi mijozlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Korporativ mobil banking — „Korporativ Mobile banking“ interaktiv xizmat orqali yuridik mijozlar o‘z hisob raqamlarini mobil aloqa vositalari orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishi mumkin.

Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.

Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.

Bank kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar.

Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud.

Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin.

Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan.

Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.

Jumladan:

1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;

2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;

3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;

4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);

5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;

6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;

7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;

8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;

9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.

Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda.

Ijtomoiy tarmoqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

🌐 Sayt: www.xb.uz

👉 Telegram: http://t.me/xalqbankinfo

👉 Facebook: http://fb.com/xalqbankinfo

👉 VKontakte: https://vk.com/xalqbankinfo (Wayback Machine saytida 2022-05-17 sanasida arxivlangan)

👉 Odnoklassniki: https://ok.ru/group/58770712035482

👉 Instagram: http://instagram.com/xalqbankinfo

👉 TikTok: http://tiktok.com/@xalqbankinfo

👉 Youtube: http://www.youtube.com/c/XalqBankinfo

👉 Mover: https://mover.uz/profile/xalqbankinfo

👉 Twitter: https://twitter.com/xalqbankinfo

👉 Call-center: +99871 210 20 02, 11-06

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Народный банк. Реквизиты.“ (deadlink). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  2. „Квартальный отчёт (I квартал 2016)“ (deadlink). 2016-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  3. „Квартальный отчёт (IV квартал 2015)“ (deadlink). 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  4. „Основные показатели деятельности Народного банка РУз“ (deadlink). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  5. „Народный банк. Дочерние компании“ (deadlink). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  6. http://www.xb.uz/sites/default/files/page_files/auditorskaya_otchetnost_za_2014_god.pdf (Wayback Machine saytida 2022-05-01 sanasida arxivlangan) Отчет независимого аудитора за 2014 год