Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"OʻZBEKISTON QISHLOQ XOʻJALIGI" — oylik afariktisodiy, ilmiyommabop jurnal. Toshkent shahrida nashr etiladi. 1991 yildan jur. muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi. Birinchisoni 1922 yilda "Yangi qishloq" nomi bilan Turkiston Maorif xalq komissarligining organi sifatida nashr etilgan. 1925— 71 yillarda "Dehqon", "Qishloq xoʻjaligi turmushi", "Paxta uchun kurash", "Oʻzbekiston soiialistik qishloq xoʻjaligi", "Oʻzbekiston kolxozsovxozlar ishlab chiqarishi" nomlarida oʻzbek va rus tillarida chiqqan, 1971 yildan hozirgi nomda. Jur.da qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, qishloqda islohotlarni jadallashtirish, paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik, pillachilik, suv xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari faoliyati, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va yangi texnologiyalarni joriy etish va qishloq turmush tarziga oid mavzular yoritiladi. Jur. da ayrim maqolalar rus tilida ham bosiladi. Ilmiy maqolalarga rus va ingliz tillarida qisqa annotatsiya beriladi. Jur.ga turli davrlarda taniqli jurnalistlar S. Xoldorova, S.Sodiqov, J.Muhammadxonov, Q.Hotamov, T.Najmiddinov, R.Samanov, Z.Yoʻldoshev muharrirlik qilishgan. Adadi 1500 nusxa (2005).