Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi
Turi Nodavlat notijorat tashkilot
Ishga tushgan sanasi 1992-yil
Direktori Maqsud Abdusamatov[1]
Bosh kotib Gulnora Saidova[2][3]
Map

Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi – mamlakatda qilichbozlik sportini rivojlantirish, ommalashtirish va sportchilarni xalqaro maydonga tayyorlash bilan shugʻullanuvchi milliy sport tashkilot. Ushbu federatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qoʻmitasi hamda Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) tarkibida faoliyat yuritadi. Uning asosiy vazifasi isteʼdodli sportchilarni tarbiyalash, ularga xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur sharoitlarni yaratish hisoblanadi[4][5].

Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi 1992-yillarda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida Oʻzbekiston qilichbozlar federatsiyasi Osiyo qilichbozlar Assotsiatsiyasi va Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga aʼzo boʻlgan. 1998-yil 6-noyabrdan Oʻzbekiston Qilichbozlik Federatsiyasi Prizdenti etib Olimpiada oʻyinlari kumush medal sohibi Sobirjon Roʻziyev saylanagan. Oʻzbekistonda ilk bor 1954-yildan qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilgan. Respublikada qilichbozlikning rivojlanishida K.Tojiyeva, I.Markin, D.Itsenko, P.Abdurazzoqov, I.Artishkin, Sh. Turdiqulov kabi murabbiylar katta hissa qoʻshishgan. Sobir Roʻziyev, Aleksandr Paraxin, Vitaliy Logvin, Valeriy Zaxarevich, Svetlana Filimonova, Anisa Petrova, Baxtiyor Gʻaniyev, Dilorom Karimqulova singari qilichbozlar olimpiada oʻyinlari, jahon chempionati va boshqa nufuzli musobaqalarda sovrindor boʻlishgan[6]. 1995-yil sentyabr oyida Toshkentda I Markaziy Osiyo oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Unda bizning qilichbozlarimiz munosib qatnashib: S.Filimonova shaxsiy musobaqada oltin medal, G. V. Zokirova kumush medal olib, jamoalar musobaqasida Qozogʻiston terma jamoasini magʻlubiyatga uchratgan. Erkak rapirachi va sabliyachilar 2-oʻrnini, shpagachilar 3-oʻrinni qoʻlga kiritishgan. 2022-yil 27-may kuni Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaga yangi rahbarni saylash kun tartibining asosiy masalasi sifatida qoʻyilgan. Maqsud Abdusamatov federatsiya raisi lavozimiga konferensiya ishtirokchilari tomonidan taklif etilgan va bir ovozdan ushbu lavozimga saylangan. Bunga qadar Rustam Shoabdurahmonov federatsiyaga rahbarlik qilgan[7][8]. 2027-yil 20-28-iyul kunlari Toshkent shahrida kattalar oʻrtasida qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish rejalashtirilgan[9].

  1. „O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi rahbar saylandi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  2. „Gulnora Saidova Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Bosh kotibi etib saylandi“. sports.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  3. „A woman from Uzbekistan has become the Secretary General of the International Fencing Federation“. yuz.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  4. „O'zbekistonda qilichbozlik sporti“. fencing.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  5. „Qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo oʻyinlarida ilk bor finalga yoʻl oldi“. YouTube. OlympicUz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  6. M.Yakubova. Qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati. Toshkent: Lesson press. 
  7. „Bank raisi Qilichbozlik federatsiyasiga rahbar etib saylandi“. oyina.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  8. „O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasiga yangi rahbar saylandi“. interfax.uz. 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.
  9. „Toshkent 2027-yil qilichbozlik boʻyicha jahon chempionatini qabul qiladi“. olympic.uz. Qaraldi: 1-aprel 2025-yil.