Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi — ishchilar ftlari, texnikumlar uchun umumiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlar tayyorlagan oliy oʻquv yurti. 1929/30 oʻquv yili Samarqanddagi Oʻzbekiston oliy ped. instituti negizida tashkil etilgan. Oʻzbekiston pedagogika akademiyasi ishlari va oliy maktablar uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish maqsadida 1931-yil yanvarda akademiya huzurida aspirantura ochilgan. 1933-yil 173 oʻqituvchi, jumladan, 15 professor, 40 dotsent, 70 assistent ishlagan. Bular orasida ʼ.L.Vyatkin, P. Soliyev, Fitrat, Otajon Hoshim kabi mashhur professorlar boʻlgan. I.M.Moʻminov, A.M. Bahovuddinov, S. Umarov, A. Toʻlaganov kabi olimlar, Oydin, Amin Umariy, Uygʻun, Hamid Olimjon kabi yozuvchilar shu akademiyada taʼlim olgan. Oʻzbekiston pedagogika akademiyasia. asosida 1933-yil Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) tashkil etildi (qarang Samarqand universiteti).