Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi — mustaqil, oʻzini oʻzi boshqaruvchi, nodavlat jamoat birlashmasi. 2004-yil 26-mart Toshkentda ijodiy uyushmani tuzish boʻyicha tashabbuskor guruh rahbarligida oʻtkazilgan taʼsis konferensiyasida Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamgʻarmasining qonuniy vorisi sifatida tashkil topgan. Dastlab Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi (Kengashi, 1957), Oʻzbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiy-siyosiy fondi (1996) deb nomlangan.

Ijodiy uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shahrida boʻlimlari bor. Uyushma qoshida 10 ijodiy kengash faoliyat yuritadi.

Uyushmaning asosiy maqsadi jurnalistlarning jamiyatda tutgan oʻrni va mavqeini koʻtarish, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, turli gaz., jurnallar, tele va radiokanallarda, nashriyot va axborot agentliklarida ishlayotgan, shuningdek, erkin ijodkorlarning ijtimoiyiqtisodiy, ijodiy hamda mualliflik huquqlarini, shaʼni va qadrqimmatini, davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining muassislari va noshirlari oldidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.

Uyushmaning oliy rahbar organi Konferensiya boʻlib, u har 5 yilda kamida bir marta chaqiriladi. Konferensiya oraligʻidagi davrda uyushma faoliyatiga Uyushma boshqaruvi rahbarlik qiladi.

Uyushma qoshida Oʻzbekiston milliy matbuot markazi faoliyat koʻrsatadi. "Istiqlol" nashriyoti, "Jurnalist" shoʻʼba korxonasi mavjud.

Ijodiy uyushma tomonidan har yili "Yilning eng faol jurnalisti" va "Eng ulugʻ, eng aziz" ("Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda) ijodiy tanlovlari oʻtkazib kelinadi.

Hamid Sultonov.