Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi — respublika meʼmorlarini birlashtirgan ijodiy jamoat tashkiloti. 1934-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasiu.ning asosiy vazifalari: meʼmorlikni rivojlantirish, meʼmorlar malakasini oshirish, yosh isteʼdodlarni qoʻllabquvvatlash, faxriy meʼmorlar bilan ishlash, tanlovlar (shahar markazlari, yirik jamoat binolari, monumental haykal va monumentlar, eng yaxshi loyiha va qurilishlar, nashr etilgan kitob va albomlar boʻyicha), koʻrgazmalar (yosh meʼmor va talabalar ijodiga bagʻishlangan, tarixiy shaharlar yubileyi va turli tarixiy sanalar munosabati bilan tanlovlar oʻtkazish va boshqalarga oid) uyushtirish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va boshqalar Uyushmada 1000 ta aʼzo bor (2005); uning qoshida ijodiy loyiha ustaxonalari, koʻrgazma zali mavjud. Uyushmaga malakali, oliy maʼlumotli, eʼtiborga sazovor. loyihalari, qurilgan binolari, nashr etilgan ilmiy asarlari bilan tanilgan meʼmorlar aʼzolikka qabul qilinadi. Oliy rahbar organi — Qurultoy; ular orasida Qurultoy tomonidan har 5 yilda saylanadigan Plenum (rais, rais oʻrinbosari va Plenum aʼzolari) boshqaradi. Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasiu,ning Qoraqalpogʻiston, Toshkent va barcha viloyatlarda boʻlimlari mavjud boʻlib, ular shaharlarni qayta qurish, tarixiy meʼmoriy yodgorliyutarni taʼmirlash sohasida ilmiy tekshirish va loyihalash ishlari olib boradi.

Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasiu.ga turli davrlarda G.M.Svarichevskiy, L.N.Voronin, V.O.Jahongirov, A.T.Shaxov, M.S.Bulatov, F.Yu. Tursunov. T.F.Qodirova, F.M. Ashrafiylar rahbarlik qilgan; 1998-yildan raisi A.R.Toʻxtayev.