Oʻzbekiston markasi nashriyot markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"OʻZBEKISTON MARKASI" NASHRIYOT MARKAZI — pochta xizmati, pochta markalarini nashrga tayyorlash va ularni pochta muomalasiga chiqarish ishlari bilan shugʻullanadigan tashkilot. 1992 yilda tashkil etilgan. Dastlabki pochta markalari rus va nemis mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqarildi. 1996 yildan respublika rassomlari, dizaynerlari va mutaxassislari tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etila boshlandi. Pochta markalarida davlatimiz tarixi, xalqimiz madaniyati va anʼanalari, fan va texnika sohasidagi yutukdar, xalqimizning buyuk siymolari, tarixiy obidalar, respublika hududida oʻsuvchi kamyob oʻsimliklar va hayvonot olamida yoʻqolib borayotgan hayvon turlari aks ettiriladi.

"Oʻzbekiston markasi nashriyot markazi" n.m. oʻz mahsulotlari (pochta markalari) bilan xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etdi. Markaz filatelistik material tarqatuvchi chet el firmalari va tashkilotlari bilan yozishmalar olib boradi (yana q. Aloqa markalari, Pochta aloqasi, Filateliya).