Lub tolali ekinlari tajriba stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lub tolali ekinlari tajriba stansiyasi, Oʻzbekiston lub tolali ekinlar tajriba stansiyasi — poʻstlogʻidan tolaoli-nadigan ekinlar boʻyicha i.t. ishlari olib boradigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Respublika ilmiy ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1925 yilda kanop boʻyicha i. t. ishlari olib boradigan stansiya tarzida Sirdaryo viloyatida tash-kil etilgan. 1971 yildan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Ahmad Yassaviy nomidagi shirkat xoʻjaligi hududida joylashgan. Umumiy yer maydoni 169 ga, shundan 84 ga maydonda tajribalar olib boriladi. St-yada kanopning Oʻzbekiston 1974, Oʻzbekiston 1503, Oʻzbekiston 2142, Oʻzbekiston 2245 va boshqa tezpishar, serhosil, tolasining texnologik sifatlari yaxshi boʻlgan navlari chiqarilgan. Shuningdek, stansiyada kunjut, lavlagi, kungaboqar, gʻoʻza va boshqa ekinlar ustida ham tajriba ishlari olib boriladi. St-yada 7 lab. (seleksiya va nav sinash, urugʻchilik, dehqonchilik, agrokimyo, oʻsimliklar himoyasi, tola sifatini birlamchi baholash, iqtisodiy tahlil) mavjud. St-yada 56 xodim ishlaydi, shundan 7 tasi fan nomzodi, 1 fan d-ri.

Ergash Sodiqov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil