Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qoʻllab quvvatlashlari natijasida respublikaning tarixiy-madaniy, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotida Samarqandning oʻrnini va ahamyatini hisobga olib, Oʻzbekiston janubiy-gʻarbiy qismi mintaqasi tabiiy resourslarini oʻzlashtirish va muammolarni tadqiq etish saviyasini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Presidumining 1993-yil 24 iyundagi 11/65-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlmi ochildi. Boʻlimga 1993-yildan 2001 — yilgacha akademik T.SH.Shirinqulov rahbarlik qildi 2001 yil mart oyida tarix fanlari doktori, professor T.SH.Shirinov boʻlim raisi sifatida ish olib borgan.[1]

Boʻlim faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlim tassarrufidagi Arxeologiya instituti va Mintaqaviy muammolar komplex ilmiy tadqiqot instituti olimlari, matematika, mexanika, iqtisodiyot, instituti olimlari arxeologiya, matematika, mexanika, iqtisodiyot, tilshunoslik, tibbiyot, Zarafshon vohasi ekalogiyasi muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borib, bir qator tadqiqotlar yaratdilar .
Boʻlim olimlari Samarqanddagi bir qator oliy oʻquv yurtlari, Samarand davlat universiteti, Samarqand qishloq xoʻjalik instituti, Samarqand koperativ instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti olimlari bilan hamkorlik asosida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosini taminlashga ham oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Boʻlimning Samarqand shahridagi akademik-litsey va va kasb-hunar kollejlari hamda turli tashkilot va muassasalar bilan aloqasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Ilmiy kadrlar tayyotlash va manaviy-marifiv sohalarida targʻibot ishlarini olib borishda ham boʻlim olimlrini katta oʻrni bor. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimi, xalqaro, respublika va viloyat miqyosidagi turli tadbirlarni tashkil etishda ham faol ishtirok etmoqda. AQSH, Yaponiya,Polsha, Germaniya, Italiya, Fransiya, kabi davltlarning nufuzli ilmiy markazlari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi natijasida vujudga kelgan Samarqand boʻlmi bugungi kunda mintaqa muammolarini hal etish, oliy oʻquv yurtlarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni malum darajada muofiqlashtirish, yuqori malalali ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy natijalarni amalyodga tadbiq qilish sohasidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda.Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Samarqand boʻlimida Samarqand viloyati oliy oʻquv yurtlari talabalari bilan ilmiy uchrashuvlar oʻtkazilib turiladi bulandan koʻzlangan maqsad esa talabalarni kelajakdagi ilmiu ishlarida va ish jarayonida kelib chiqadigan ilmiy muammolarni yechish va talabalarga olib borilayotgan tadqiqotlar haqida atroflicha malumotlar berishdan iborat.Boʻliningtarkibiga kiradigan Arxeologiya instituti va Mintaqaviy muammolar komplex ilmiy tadqiqot instituti oʻz tadqiqotlari davomida Fanlar akademiyasining katta olimlari bilan kelishgan holda oʻz ishlanmalarini olib boradilar. Arxeologiya instituti olimlari Oʻzbekistonni turli hududlariga va boshqa Oʻrta Osiyo mamlakatlari ilmiy ekspiditsiyalar uyushtirib kelmoqda. Mintaqaviy muammolar komplex ilmiy tadqiqot instituti asosan fanda uchraydigan qiyin muammolarni yechshga va ularning ilmiy asoslashdagi tadqiqotlani olib boradi. Fizikada hali yechimini topmagan masalalarning fizikaviy xossalarini oʻrganish va ularning amaliyotdagi ishlatilishi kabi muhim ilmiy tadqiqotlarni olib boradi . Samarqand viloyati boʻlimi tadqiqotlar markazi labaratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan taminlash va murakkab labaratoriya ishlanmalarini olib borishda kerak boʻladigan texnik labaratoriya xonalari qayta taʼmirlandi va 2003 yida ishga tushirildi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fanlar akademiyasi“. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  2. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi(2003) Samarqand boʻlimi (125 b)