Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kosmik tadqiqotlar markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 2002-yilning 26 — sentabrda Oʻzbekiston agentligi asosida tashkil etilgan. Markaz tarkibiga Astronomiya instituti , Toshkent kosmik asbobsozlik ilmiy tekshirish instituti , PT-70 radioastromonik rasatxona ,Chirchiq "Kompozit " tajriba eksperimental zavodi kiradi .

Markaz faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markazda texnikaviy taraqqiyot va menejment, maxsus amaliy dasturlar, xalqaro aloqa, moliyaviy iqtisodiy sektorlar mavjud. Markazda va markaz tarkibiga kiruvchi muassasalarda 18 ta fan va texnologiyalar markazi grantlari, 3 ta Ukraina ilmiy texnikaviy markazi grantlari va 2 ta Fanlar akademiyasining fundamental tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash fondi grantlari boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda[1]. Buning natijasida qator qurilmalar, jumladan kosmik malumotlarni raqamli qabul qilivchi stansiya, kosmik tasvirlarni qayta ishlovchi dasturiy-texnikaviy majmua, tematik xarita tuzish kompleksi, bir kuniga 5 tonna meva va sabzavotni tez sovituvchi mostlama, portativ soʻz sintezatori yaratildi. Oʻzbekiston fanlar akademiyasi kosmik tadqiqot markazida kosmos sohasida ishlovchi chet el va xalqaro muassasalar bilan aloqalarni yaxshilash borasida katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) kosmik fazodan tinchlik yoʻlida foydalanish dasturi boʻyicha, BMTning Dehli shahridagi kosmik fanlar ilmiy markazi, Yevropa kosmik agentligi, Xalqaro astronomik , Avstria kosmik agentligi , Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti , Rosaviakosmos , Ukraina milly kosmik agentligi ,Qozogʻiston milliy kosmik agentligi va boshqalar bilan oʻzaro aloqalarga ega.
Markaz tarkibiga kirgan muassasalar tomonidan kosmik tasvirlar asosida kartogradik malumotlar, turli geografik axborot tizimlari, IL-114 samolyoti uchun extiyot qisimlari, suniy yoʻldosh orqali uzatilayotgan teledasturlarni qabul qiluvchi antennalar, suv tozalash stansiyalari va neftni qayta ishlovchi uskunalar uchun extiyot qisimlar ishlab chiqaradi. Kosmik tadqiqot markazi tomonidan Oʻzbekiston uchun suniy yoʻldosh orqali aloqa tizimini yaratish, kosmik malumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va tarqatish kompleks markazi tashkil etish va shu markazda GAT- texnologiyalar, raqamli xarita tuzish, RT-70 radioobservatoriyasini qurilishini tugatish va ishga solish , Chirchiq kompozit tajriba experimental zavodi asosida quyosh batareyalarini va fotoelektrik stansiyalarni barpo etish, qoʻshma korxona tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. publications/libraries.php, 2016-04-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-04-05
  2. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (2003). Kosmik tadqiqotlar markazi