Oʻzbekiston badiiy akademiyasi markaziy koʻrgazma zali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston badiiy akademiyasi markaziy koʻrgazma zali — respublika va Markaziy Osiyodagi eng yirik badiiy koʻrgazma zali; 1974 yil Toshkent shahrida ochilgan (meʼmor R. Xayrutdinov). Binosi Sharof Rashidov va "Oʻzbekiston" shohkoʻchalari kesishgan joyda qad koʻtargan; ekspozitsiya maydoni 2500 kv.m. Bino murabba tarhli, 2 qavatli, balandligi 15 m. Mujassamot markazida koʻrgazma zali (zaldagi zina orqali 2qavatga chiqiladi), zal atrofida sanʼat asarlari sotiladigan badiiy salon, suratlar, amaliy sanʼat buyumlari xonalari bor. Binoda Oʻzbekiston BA, Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi joylashgan, ularga tashqaridan alohidaalohida eshiklardan kiriladi. Bino atrofiga toqisimon qilib galereya ishlangan, toqi va galereya ichi milliy naqshlar bilan jozibador qilib bezatilgan. Bino tarzi konstruktiv elementlari yigʻma panellardan zamonaviy uslubda zdda tayyorlangan. Bino bezagida gʻozgʻon marmari, granit, koshin, kichik meʼmoriy shakllar ishlatilgan, interyer bezaklarida ganch oʻymakorligidan foydalanilgan.

Bino atrofidagi koʻkalamzorga haykalchalar joylashtirilgan. Bino 1998—99 ylarda qayta taʼmirlangan.

Koʻrgazma zali yirik xalqaro, respublika, shaxsiy, guruhli va koʻchma vernisajkoʻrgazmalar (yiliga 50 dan ziyod) oʻtkazadi; rassomlar, haykaltaroshlar, amaliy bezak sanʼati va miniatyura ustalarining , "GretsiyaOʻzbekiston. qadimiy madaniy aloqalar", "Toshkent Biyennalesi — 2001 va 2003", "Zargarlik sanʼati — 2000, 2002", "Ikuo Xirayama. Buyuk ipak yoʻlida" (2002) koʻrgazmalari shular jumlasidan. Xorijiy elchixonalar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi madaniy (Hindiston) va ilmiy (Markaziy Osiyo tadqiqotlari Fransiya instituti) markazlari bilan faol hamkorlik qiladi; konferensiyalar, zamonaviy sanʼatning dolzarb masalalari boʻyicha "davra uchrashuvlari", bastakorlar, yozuvchilar, kino va teatr ijodiy uyushmalari namoyandalari ishtirokida uchrashuv va kechalar tashkil qiladi. Koʻrgazmalar uchun kataloglar, bukletlar va taklifnomalar nashr etadi.