Oʻzbek soʻmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida SOʻM Oʻzbek milliy valyutasi hisoblanadi. 1994-yil 1-iyulidan shu kunga qadar Oʻzbekiston soʻmi, Respublika hududida hamma toʻlovlar uchun oʻz qiymati boʻyicha qabul qilinmoqda.

Huquqiy asos[tahrir]

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122 — moddasi va „Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida“gi qonunning 11-moddasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy toʻlov vositasi boʻlgan milliy valyuta — "soʻm" muomalaga kiritilgan.

Soʻm birliklari[tahrir]

Hozirgi vaqtda 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 soʻm qiymatidagi banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin (1tiyin = 1/100 soʻm), hamda 1, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm qiymatidagi tangalar muomaladadir. Hozirgi kunda muomalada asosan 100, 200, 500, 1000 soʻmlik kupyuralar ommashlashgan boʻlsa, tangalar deyarli ishlatilmaydi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.