Oʻzbek diviziyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻzbek Diviziyalaridan yoʻnaltirildi)

Oʻzbek diviziyalari — Ikkinchi jahon urushi davrida Oʻzbekistonda tuzilgan milliy harbiy qoʻshilmalar. Davlat mudofaa qoʻmitasi 1941-yil 16iyulda "Mudofaa xalq komissarligi va Harbiydengiz floti tizimida zahiralar tayyorlash toʻgʻrisida" qaror qabul qilgan. Shunga binoan, Oʻzbekiston KP (b) MK ning 5plenumida milliy oʻzbek harbiy qoʻshilmalarini tuzish haqidagi masala maxsus koʻrib chiqilgan va tegishli tadbirlar belgilangan. 1941-yil oxiri — 1942-yil martigacha bir necha oʻqchi va otliq askarlar diviziyalari tashkil etilgan. Bu diviziyalar uchun qisqa muddat ichida komandirlar, siyosiy xodimlar, meditsina xodimlari, mexaniklar, sapyorlar va boshqalar toʻplangan. Oʻzbek diviziyalari, asosan, front uchun belgilangan ishlab chiqarish rejasidan oshiqcha tayyorlanayotgan qurolyarogʻ va asbobanjomlar bilan taʼminlangan. Kiyimkechaklarni korxonalar, kzlar, turli artellar tayyorlab bergan. Yangidan tuzilgan Oʻzbek diviziyalari Mudofaa xalq komissarligi ixtiyoriga oʻtkazilgan. Oʻzbek diviziyalari turli frontlarda jasorat koʻrsatgan.