Oʻzbek—rus—ingliz—nemis tillarida soʻz boshqaruviga doir lugʻat ma’lumotnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek—rus—ingliz—nemis tillarida soʻz boshqaruviga doir lugʻat ma’lumotnoma
Asl nomi O'zbek-rus-ingliz-nemis tillarida so'z boshqaruviga doir lug'at ma'lumotnoma
Muallif(lar) V.A.Fyodorov, G.A.Aliyev
Mamlakat O'zbekiston Toshkent
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i lugʻat
Nashr etilgan sanasi 1997
Nashriyot “Oʻqituvchi”
Sahifalar soni 288 bet
ISBN 5-645-02379-9

Oʻzbek—rus—ingliz—nemis tillarida soʻz boshqaruviga doir lugʻat ma’lumotnoma – mazkur lugʻat ma’lumotnoma hozirgi zamon oʻzbek tilida eng koʻp takrorlanadigan soʻzlardan va shu soʻzlarning rus, ingliz, nemis tillaridagi ekvivalentlaridan iborat boʻlgan 900 dan koʻproq soʻzni oʻz ichiga olgan.

Chet tillarini oʻrganishda soʻzlar boshqaruvi ancha qiyinchiliklar tugʻdiradi. Oʻzbek, rus, ingliz va nemis tillaridek toʻrtta turli tizimga mansub tillarda soʻzlar boshqaruvini aniqlanishi chet tillarni oʻrganuvchilarga oʻz ona tilisi bilan chet til oʻrtasidagi farqni aniqlash imkonini beradi.

Har bir soʻz uchun toʻrtta tilda uning boshqaruviga oid misollar berilgan.

Masalan:

3. ajablanmoq JK (joʻnalish kelishigi): U mening toʻsatdan kelganimga (nimaga?) ajablandi.

удивляться ДП: Она удивилась моему неожиданному приезду (чему?)

to be amuzed at smth.: She was amuzed at my unexpected arrival (what ... at?)

staunen über A.: Sie staunte über meine plötzliche Ankunft (worüber?)

Mazkur lugʻat ma’lumotnomadan chet tilini oʻrganayotgan barcha yoshdagi oʻquvchilar foydalanishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] V.A.Fyodorov, G.A.Aliyev, Oʻzbek – rus – ingliz – nemis tillarida soʻz boshqaruviga doir lugʻat ma’lumotnoma, “Oʻqituvchi” 1997, 288 bet

  1. Oʻzbek – rus – ingliz – nemis tillarida soʻz boshqaruviga doir lugʻat ma’lumotnoma