Oʻzaro taʼsir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzaro taʼsir — falsafiy tushuncha. Obʼyektlarning bir-biriga taʼsir etishini, ularning oʻzaro bogʻliqligini va bir obʼyektning boshqa obʼyektni vujudga keltirish jarayonlarini anglatadi. Oʻzaro taʼsir harakat, taraqqiyotning obʼyektiv va universal shakli boʻlib, har qanday moddiy sistemaning mavjudligi va maʼlum tartibda tuzilishini belgilab beradi.