Oʻzagrosugʻurta kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻzagrosugʻurta Kompaniyasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

"OʻZAGROSUGʻURTA" KOMPANIYASI — agrosanoat sohasidagi yirik davlataksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi farmoniga muvofiq OʻzR Moliya vazirligi huzuridagi Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi ("Oʻzdavsugʻurta") negizida tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyaning asosiy muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (76,6%), "Oʻzpaxtasanoat" aksiyadorlik uyushmasi (13,2%), "Oʻzdonmahsulot" korporatsiyasi (4,71%), "Paxshabank" (2,75%), "Gʻallabank" (0,47%) va boshqalar (3,27%). Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 13 direksiyasi va 176 boʻlinmasi, shu jumladan, 159 tuman va 17 ta shahar boʻlinmalari bor. Kompaniyaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari: dehqonchilik sohasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarning mulki va mahsulotini sugʻurta yoʻli bilan himoya qilinishini taʼminlash; tijorat banklari tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga ishlab chiqarishni rivojlantirish, dehqonchilik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga ajratiladigan kreditlar uchun sugʻurta kafolatlarini taqdim etish; dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish uchun boʻnak va kredit tariqasida beriladigan mablagʻlar qaytarilishini sugʻurtalash; yuridik va jismoniy shaxslarga turli sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish; qishloq va shahar aholisining shaxsiy va mulkiy sugʻurtasi va boshqalardan iborat. Kompaniya qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili sugʻurtasi; molmulkdan koʻrilgan zarardan sugʻurtalash; parranda va hayvonlarning tabiiy ofatlar, turli kasalliklar va boshqalar natijasida nobud boʻlishidan sugʻurtalash; garovga qoʻyilgan mulk sugʻurtasi; transport vositalarini kompleks sugʻurtalash; yoʻldagi mulk (yuklar)ni sugʻurtalash; qurilishmontaj ishlaridagi tavakkalchiliklarni sugʻurtalash; baxtsiz hodisalardan va kasalliklardan ehtiyot shart sugʻurtalash; lizing asosida olingan qishloq xoʻjaligi texnikalarini sugʻurtalash; avtofuqarolik javobgarligini sugʻurtalash va shahrik. 20 ga yaqin sugʻurta xizmati turlarini amalga oshiradi. Kompaniyaning sugʻurta majburiyatlari portfelida qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili sugʻurtasi, molmulk sugʻurtasi, garovga qoʻyilgan mulk sugʻurtasi, baxtsiz hodisalar sugʻurtasi, kasb masʼuliyati sugʻurtasi turlarining salmogʻi yuqori.

Kompaniya 1997—2004 yillar davomida 64,6 mln. sugʻurta shartnomalari tuzdi va shu shartnomalar boʻyicha 3840,2 mlrd. soʻmlik javobgarlik olib bordi, olingan javobgarlik boʻyicha sugʻurtalanuvchilarga 2227,5 mln. soʻm sugʻurta tovoni toʻladi. Kompaniyaning ustav kapitali (mln. soʻm) — 2230, shartnomalar boʻyicha majburiyatlari — 994183,3, sugʻurta mukofotlari — 7449, toʻlangan sugʻurta tovonlari — 1552,4, sugʻurta zaxiralari — 3900,25 (2004).