Oʻymovut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻymovut
ruscha: Уймавут
Shaharcha
39°37′32″N 66°25′23″E / 39.62556°N 66.42306°E / 39.62556; 66.42306 G OKoordinatalari: 39°37′32″N 66°25′23″E / 39.62556°N 66.42306°E / 39.62556; 66.42306 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Chiroqchi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oʻymovut ruscha: Уймавут xaritada
Oʻymovut ruscha: Уймавут
Oʻymovut
ruscha: Уймавут

Oʻymovut (ruscha: Уймавут) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi Oʻymovut etnonimi bilan aloqador. Etnonim maʼlum yillar oʻtgach qishloq (keyinchalik shaharcha) nomiga aylanib ketgan. Nomlanishda asos qilib shu qishloqning etnik tarkibi inobatga olingan. Hududagi aholining urugʻi mangʻitlardir, oʻymovut qabilasi esa qadimda mangʻitlar tarkibida boʻlgan degan taxminlar mavjud.

Abulgʻozi Bahodirxonning qoʻlyozmalarida keltirilishicha, moʻgʻullar orasida ayni oʻymavut nomli urugʻ boʻlgan. Oddiy odamlar tilida nom boshqacha shakllanib a harfi o ga oʻzgarib ketgan. Lekin eski oʻzbek tili lugʻatlarida bu ikki soʻz ham uchramasligi, uning boshqa tillarga ham bogʻliqligidan dalolat beradi. Shaharcha nomining soʻnggi boʻgʻinidagi -u va -t tovushlari etnonimlar tarkibiga odatda jamlik, toʻp, jamoa, kishiar guruhi, kichik uyushmasi maʼnosini berish maqsadida qoʻshilgan.

Joy nomining tarkibi uch qismga boʻlib tahlil qilinadi: oʻy + movu +t. Bundagi Oʻy, uy, ud soʻzlari eski turkiy tillarda buqa, hoʻkiz maʼnosida qoʻllanilgan. Moʻgʻul tilida esa udus va oʻdus soʻzlari ayni shu jonivorga qiyoslangan. Keyingi qismdagi movut soʻzining mugʻut, moʻgʻut, mugut, bugʻut, bugut singari shakllari boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu soʻzlarning asosida soʻz koʻplab turkiy tillarda bugʻuni bildirgan. Shuningdek, kuchli, bilagʻon shaxslarga nisbatan ham qoʻllanilgan. Soʻnggi uchinchi qism qoʻshilishi esa erkak (nar) bugʻu maʼnosini bergan. Shunga koʻra yerlik aholi nar bugʻuga sigʻingan. Bugʻu ularning totemi boʻlgan va tugʻlarida ham uni tasvirlashgan. Oʻymovur erkak bugʻuga sigʻinuvchilar jamoasi boʻlgan va keyinchalik bu ibtidoiy kishilarning nomi qabila va hudud nomlariga aylanib ketgan[2].

Oʻxshash joy nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida Oʻymovut nomli qishloq mavjud. Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida ham Oʻymovut nomli qishloqch bor. Respublika hududida Oʻymovut, Oʻymavut, Uymavut nomli qishloq, mahalla va guzar nomlari koʻplab uchraydi. Buning sababi esa, oʻzbek xalqi tarkibiga kiruvchi urug va qabilalar orasida oʻymovut etnonimi ham mavjudligidadir.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra, Obihayot shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 5531 nafar, 2016-yilda esa 6.1 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]