Oʻtkazuvchi toʻqimalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻtkazuvchi Toʻqimalardan yoʻnaltirildi)

Oʻtkazuvchi toʻqimalar — oʻsimliklar poyasi (tanasi) boʻylab suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan yer ustki qismlarga va barglarda sintezlanadigan moddalarni oʻsimliklarning boshqa qismlariga oʻtkazuvchi toʻqimalar. Oʻtkazuvchi toʻqimalar har xil shakldagi choʻziq (prozenxima) hujayralardan tuzilgan. Oʻtkazuvchi toʻqimalar mexanik va parenxima toʻqima bilan birga yaxlit yoki bogʻlam boʻlib joylashadi. Oʻtkazuvchi toʻqimalar prokambiy va kambiylsh paydo boʻlib, oʻsimlikning barcha organlarini oʻzaro bogʻlaydigan butun sistemani hosil qiladi. Oʻtkazuvchi toʻqimalar ksilema va floemadan iborat. Ksilema boʻylab, asosan, suv va mineral moddalar, floemadan koʻpincha organik moddalar oʻtadi. Oʻtkazuvchi toʻqimalar faqat yogʻoch naychali oʻsimliklarda mavjud. Yoʻsinsimonlar va tuban oʻsimliklarda Oʻtkazuvchi toʻqimalar boʻlmaydi.