Payvandlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻsimliklarni Payvandlashdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. P.ning 60 dan optiq usuli bor.

Metallarni P. qadimdan maʼlum. 1882 yilgacha bosim ostida P.ning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib P. (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch P. (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt P. usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli P. usuli ishlab chiqildi.

P.ning bosim ostida va eritib P. usullari bor. Bosim ostida P.da metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday P. mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy P. usullari ham bor.

Eritib P.da biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. P. vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun P. texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mas, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.

Elektrkimyoviy usulda P. zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. P. zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yey bilan P.da buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi. Bunday P. qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida P. usullari ham bor. Suv ostida P. (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda P. (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni P. usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida P. usullari takomillashtirilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil