Oʻsimliklar karantini xizmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻsimliklar Karantini Xizmatidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi'

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi "O'simliklar karantini to'g'risida" gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini davlat inspeksiyasini O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish to'g'risida" gi 449-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi O'zbekiston Respublikasi O'simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi (qisqacha nomi "O'zboshdavkarantin" inspeksiyasi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari, karantin laboratoriyalari, ixtisoslashtirilgan fumigatsiya otryadlari, Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi va Oʻsimliklar karantini chegara punktlari tashkil etadi.   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yil 30-avgustdagi PQ-3249-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida faoliyati joriy etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5174-son farmonida O'zbekiston Respublikasi hududini karantin va boshqa xavfli zararkunandalardan himoya qilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish, tashqi va ichki o'simliklar karantini uchun chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, davlat fitosanitariya nazorati tizimini takomillashtirish va karantin tizimini yanada rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi o'simliklar karantini bosh davlat inspeksiyasini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga aylantirish belgilab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 68-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) Oʻsimliklar karantini tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra Inspeksiyaning nizomi tasdiqlangan. Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasining fitosanitariya xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, qishloq xo'jaligi va boshqa o'simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish va ulardan foydalanishda o'simliklar karantini bo'yicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi hamda tadbirlar bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi: o'simliklar karantini sohasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o'simliklar karantini bo'yicha davlat nazoratini amalga oshirish; tashqi va ichki o'simliklar karantini bo'yicha tadbirlar tizimini amalga oshirish; o'simliklar karantini sohasida fitosanitar xavfsizlikni ta'minlash; o'simliklar karantini sohasida samarali monitoring olib borish tizimini ishlab chiqish; o'simliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; Inspeksiyaning asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat: o'simliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; o'simliklar karantini bo'yicha dasturlar va tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, bu dasturlar va tadbirlarning O'zbekiston Respublikasi hududida o'z vaqtida bajarilishi uchun javobgar bo'ladi; o'z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo'lgan buyruqlar chiqaradi, yo'riqnomalarni, o'simliklar karantini qoidalarini va fitosanitariya talablarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda tashkilotlar va aholi e'tiboriga yetkazadi; karantin ostidagi mahsulotni olib kirish chog'idagi o'simliklar karantini qoidalarini belgilaydi, xalqaro savdo kontraktlariga (shartnomalariga) O'zbekiston Respublikasining hududiga o'simliklar karantini obyektlari kirib kelishining va tarqalishining oldini olishni ta'minlaydigan talablar kiritilishini ko'rib chiqadi, shuningdek, xulosalar beradi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda O'zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo'lgan zararli organizmlar ro'yxatini tasdiqlaydi; O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari ro'yxatini tasdiqlaydi; O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar ro'yxatini tasdiqlaydi; fitosanitariya talablarini tasdiqlaydi; avtomobil yo'llaridagi, temir yo'l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o'simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o'simliklar karantini punkti, shuningdek, o'simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo'yicha maxsus fumigatsiya bo'linmalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; karantin ruxsatnomasini beradi; o'simliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro tashkilotlarda o'simliklar karantini bo'yicha O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiladi; o'simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo'yicha maxsus fumigatsiya bo'linmalarini tashkil etadi, o'simliklar karantini obyektlariga qarshi kurash olib borishda shaxsiy tomorqa, fermer va dehqon xo'jaliklariga, o'rmon xo'jaliklariga, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xizmatlar ko'rsatadi; eksportga jo'natilayotgan va xorijiy mamlakatlardan O'zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan karantin ostidagi mahsulotning hamda o'simliklar karantini obyektlarini tashuvchilarning karantin tekshiruvini va laboratoriya ekspertizasini o'tkazadi; O'zbekiston Respublikasi hududlarini karantindagi hududlarga va mikrohududlarga bo'lib chiqadi; karantindagi zararkunandalarga, o'simliklar kasalliklariga va begona o'tlarga qarshi kurashish borasidagi ilm-fan yutuqlarini va ilg'or tajribani, innovatsion uslublar, vositalar va usullarni targ'ib qilish hamda ishlab chiqarishga keng joriy etishga, aholi o'rtasida o'simliklar karantini obyektlari to'g'risidagi bilimlarni tarqatishga doir ishlarni tashkil etadi; tegishli hududda karantinni joriy etish (bekor qilish) to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdimnomalar kiritadi; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o'simliklar karantini, karantin cheklovlarini qo'llash bo'yicha har yilgi dasturlarni hamda tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; O'zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo'lgan zararli organizmlar ro'yxatini, O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan ekish materiallari, karantin ostidagi mahsulotlar va ularning tarqalish hududlari ro'yxatini, O'zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar ro'yxatini qayta ko'rib chiqish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. O'simliklar karantini davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.