Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB
Asl nomi Ошские события: На материалах КГБ/Ош коогалаңы: КГБ нын маалыматтары боюнча
Muallif(lar) Talant Razaqov
Til qirgʻiz, rus
Janr(lar)i konfliktologiya
Nashriyot „Renessans“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1993
Sahifalar soni 112
ISBN ISBN 5-85580-001-6

„Oshskiye sobitiya“ (qirgʻizcha: Ош коогалаңы, ruscha: Ошские события) („Oʻsh voqeasi“), toʻliq nomi „Oshskiye sobitiya: Na materialax KGB“ (qirgʻizcha: Ош коогалаңы: КГБ нын маалыматтары боюнча, ruscha: Ошские события: На материалах КГБ) („Oʻsh voqeasi: MXQ maʼlumotlari boʻyicha“) — Talant Razaqov qalamiga mansub Oʻsh voqeasi haqidagi kitob. 1993-yil Bishkek shahrida „Renessans“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Asar matni ham qirgʻiz, ham rus tilida yozilgan. Muallif shaxsiy kuzatuvlari, guvohlar hikoyalari, mavjud faktlar hamda Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi maʼlumotlariga tayanib, 1990-yil asosan Oʻsh va Oʻzgan shaharlarida qirgʻizlar bilan oʻzbeklar oʻrtasida boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlarni tahlil qilgan. Kitob oxirida hodisa bilan bogʻliq hujjatlar ilova qilingan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: T. Iyazaliyev – muharrir, K. Seytaliyev – rasmlar muharriri, G. Gulya – texnik muharrir. Kitob adadi – 30 000 nusxa.