Oʻrta osiyo markaz magistral gaz yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrta osiyo markaz magistral gaz yoʻli — Rossiyaning sanoat r-nlarini Oʻzbekiston va Turkmanistondagi gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz bilan taʼminlaydigan yirik gaz quvuri. Uning 1navbati 1967 yilda ishga tushirilgan, unda diametri 700 dan 1220 mm gacha boʻlgan quvurlar qoʻllanilgan. Umumiy uz. 6542,1 km. Shatlik (Turkmaniston) gaz koni ochilishi bilan magistralning yana bir yoʻli qurilib, ishga tushirilgan. Uni qurishda katta diametr (1420 mm)li quvurlardan, zamonaviy gaz tortuvchi agregatlardan foydalanilgan. Magistralning 1, 2, 3gaz quvurlariga Uchqur va Shaxpaqti (Oʻzbekiston) hamda Gugurtli, Naip, Ochoq (Turkmaniston), 4gaz quvuriga Shatlik, Bayramali va Kirpichli konlaridan gaz olingan. Magistralning umumiy uz. (bir izli hisobda) 1350 ming km ni, jumladan, Oʻrta Osiyo hududida 4,35 ming km, Oʻzbekiston hududida 1490,6 km ni tashkil qiladi. 2004 yilda Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikda Shaxpaqti (Chaqmoqli) konini qayta rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi boʻyicha mahsulotni boʻlish va Rossiya hissasini mazkur magistral orqali joʻnatish haqida uzoq muddatli bitim imzolandi. Oʻzbekiston hududida gaz yoʻliga "Oʻzneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga qarashli "Oʻztransgaz" aksiyadorlik jamiyati xizmat koʻrsatadi. Magistral tizimida yirik gaz kompressor st-yalari qurilgan. 2004 yilda bu magistral orqali Oʻzbekistondan 7 mlrd. m3gaz eksport qilindi.