Oʻrta dengizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻrta dengizlar — quruqlik ichkarisiga ancha kirib borgan, okean bilan tor boʻgʻozlar orqali tutashib turgan dengizlar. Oʻrta dengizlar materiklar oraligʻida yoki materik ichkarisida boʻladi. Mas, Oʻrta dengiz, Karib dengizi, Qizil dengiz (materiklar oraligʻida) va Boltiq, Qora, Azov, Oq dengizlar (quruqlik ichkarisida). Boshqa dengizlardan ajralib turishi va atrofdagi quruqlik taʼsirida gidrologik rejimining oʻziga xosligi bilan farq qiladi.