Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi — Yerning asosiy harakatchan zonalaridan biri boʻlib, kechki tokembriy va fanerozoy mobaynida rivojlangan. Mintaqa umumiy keng yoʻnalish boʻylab choʻzilib, Atlantika okeanidan Tinch okeangacha: Markaziy va Janubiy Yevropani, Shim. va Gʻarbiy Afrika (Magʻrib), Oʻrta dengiz, Kavkaz, Osiyo gʻarbi, Pomir, Tibet, Himolay, Hindixitoy ya.o. va Indoneziyani qamrab olib, shu yerda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan tutashgan. Oʻrta va Markaziy Osiyoda Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasig .m. UralOxota mintaqasi bilan, Britaniya o.lari rayonida Shim. Atlantika mintaqasi bilan deyarli yondashgan. Etap oʻrtacha masshtabdagi burmalanish, metamorfizm va granit hosil boʻlishi bilan yakunlangan. Paleozoy va mezozoy yakunlarida Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasig .m. oʻrnida juda katta Tetis okeani paydo boʻlgan.