Oʻrta Osiyo (Iskandar Zulqarnaynning yurishi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Eramizdan avalgi 334-yilda Iskandar Zulqarnayn Osiyoga yurish boshladi. U Kichik Osiyo, Suriya, Finikiya, Misr va Eronni zabt etib, 329 yilning bahorida Hindikush togʻini kesib oʻtib Oʻrta Osiyoga hujum qildi. Baqtriya va Soʻgʻdiyona hukmdori Bess (u podsho maqomini va Artakserks nomini olgan) Zulqarnaynga qarshi turish befoyda ekanini anglaydi. Iskandar Zulqarnayn Baqtriya qalʼalarini birin-ketin bosib olar ekan, Maroqandda oʻz garnizonini qoldirib, Sirdaryo tomonga — saklar yeriga yuradi. Ammo yoʻlda u mahalliy aholi tomonidan misli koʻrilmagan qarshilikka duch keladi. Ikki tomon kuchlarining oʻzaro toʻqnashuvlarining birida Iskandar Zulqarnayn ogʻir yarador boʻladi. Yunonlar taʼbiri bilan aytganda „daryo boʻyida yashovchi varvarlar“ Zulqarnayn garnizoniga katta talofot yetkazadi. Ayni shu vaqtning oʻzida Spitamen boshchiligida soʻgʻdlar ham Iskandar qoʻshinlariga qarshi bosh koʻtaradi. Soʻgʻdlarga baqtriyaliklar ham kelib qoʻshiladi. Spitamen Iskandarga qarshi keskin kurashdi va uning garnizonini Maroqandda toʻxtatib qoʻydi. Makedoniya garnizoni Sirdaryo boʻyida zudlik bilan qalʼa bunyod etishga kirishadi. Bu qalʼa Olis Aleksandriya nomini olgan. Iskandar Zulqarnayn saklar bilan sulh tuzishga erishadi. Keyin esa asosiy kuchini Spitamenga qarshi tashlaydi. Ammo 329-328 yillar davomida yunon-makedon qoʻshinlari tomonidan Soʻgʻd hududida amalga oshirilgan beshafqat aksiyalar Iskandar Zulqarnayn kutgan natijani bermaydi. Ikki yillik samarasiz va omadsiz harakatlardan keyin u oʻz taktikasini oʻzgartiradi. Ayni xususda Kursiy Ruf shunday yozadi: „Iskandar oʻziga boʻysinishga qarshilik koʻrsatganlarga turli shahar va yerlarni tortiq etdi“. Shu usul bilan Iskandar Zulqarnayn mahalliy zodagonlarni oʻziga qaratishga muvaffaq boʻldi va ularning koʻmagida baqtriya va soʻgʻdiylardan tarkib topgan harbiy kontingent tuzdi. 328 yilning kuzida Iskandar bilan Spitamen oʻrtasida hal qiluvchi jang boʻldi. Spitamen bu jangni boy beradi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, jangni boy bergan Spitamen oʻz ittifoqchilari tomonidan qatl etilgan.

Hisor togʻlaridagi Xoriyon va Oksariat qalʼalarini oʻziga boʻysindirgan Iskandar Oksariatning qizi Raxsxonaga (Roksana, Ruxshona)ga uylanadi va shu tariqa mahalliy elitaga qarindosh boʻladi. Iskandar oʻz tomoniga oʻtgan soʻgʻdiylardan birini (ayrim maʼlumotlarga koʻra uning ismi Oropiy boʻlgan) Soʻgʻd podshosi etib tayinlaydi. Mahalliy aholi Iskandarga Yadjuj va Madjuj qabilasidan shikoyat qilib kelishadi, ular odamlarni talab qishloqlarni vayron etishi va nohaq qon toʻkishlarini eshitgan Iskandar bu badbaxt qavmni togʻni orasiga qamab ustidan temir va misni eritib quyadi va togʻni orasini yopib tashlaydi (Alisher Navoiy bu haqida „Saddi Iskandariy“ asarida eslab oʻtgan Shu tariqa uning Oʻrta Osiyo ustidan hukmronligi oʻrnatiladi. 327 yilning yozida esa u Hindikush togʻi orqali Hindiston sari yurishini boshlaydi.Hind larning ustidan zafar quchadi va 33 yoshida yer yuzini oʻz hukmiga boʻyin sundiradi.