Oʻron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘ron — kalit so‘z, parol. Bobur o‘sha davrlarda har bir qavmning o‘z o‘roni bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot berib, ba’zi qavmlar “durdona”, boshqa qavm “to‘qboy”, yana bir qavm esa “lulu” so‘zini o‘ron sifatida tanlashganini bayon etadi. Urush chog‘ida esa o‘ron ikki so‘zdan iborat bo‘lib, birinchi aytilgan o‘ronga shartli javob tarzida o‘ron belgilangan. Bobur Andijonga yurishi chog‘ida “Toshkand” va “Sayram” so‘zlari o‘ron sifatida tanlangan. Andijon qo‘rg‘oni yaqinida tun payti xonning qo‘shini “Toshkand” deb o‘ronni aytganida, Boburning oldingi safda turgan beklaridan biri shoshib qolib “Sayram” o‘rniga “Toshkand” deb javob qaytargan. Natijada o‘rtada anglashilmovchilik tug‘ilib, ikki tomon bir-birini o‘qqa tutgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014