Oʻrinboy Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻrinboy Hasanovich Hasanovdan yoʻnaltirildi)

Oʻrinboy Hasanovich Hasanov (1928.27.11, Oʻsh) — biolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), biol. fanlari doktori (1971), professor (1983). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1954). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika institutida aspirant (1954—57), kichik (1958—60) va katta ilmiy xodim (1960—65), laboratoriya mudiri (1965 — 93), 1993-yildan Oʻsimliklar ekologi-yasi laboratoriyada yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy tadqiqotlari Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ozuqabop yovvoyi bedalar va 10 dan ziyod boshqa yovvoyi oʻsimliklarni oʻrganishga bagishlangan. H. bedaning 22 yovvoyi, 11 kenja turi va 68 ekologik shakllarini aniqladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Dikorastushiye lyutsernn Sredney Azii, T., 1972; Biologiya i ekologiya rastsniy vvo-dimmx v kulturu v adfnoy zone (v soavtor-stve), T., 1973; Effsktivnosti ispolzovaniya adfnnx zemel (v soavtorstve), T., 1979; Adaptatsiya kormovmx rasteniy k usloviyam aridnoy zonn Oʻzbekistana (i soavtorstvs), T., 1983; Madaniy usimliklarning kelib chiqi-shi. T., 1986.