Oʻrinboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"OʻRINBOY"— ertapishar tarvuz navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish instituti va Toshkent davlat agrar universiteti olimlari hamkorlikda yaratgan (V.I.Zuyeye, Oʻ.Karimshoyev, R.Gʻanixoʻjayeva). Palagi oʻrtacha, yon shoxlari va barglarining soni oʻrtacha. Barglari konussimon, mayin tukli. Mevasi dumaloq, yuzasi silliq. Tusi och yashil, siyrak toʻq yashil tasmalari bor, ogʻirligi 2,0—2,5 kg. Poʻsti qattiq, eti toʻq pushti rangda, sersuv, shirali, nisbatan kam tolali. Tarkibida quruq modda miqdori 6,1%, qand miqdori 5,2%. Niholi unib chiqqanidan keyin birinchi hosili 75—80 kunda pishadi. Hosildorligi 230—250 s/ga. 1997-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.