Kontent qismiga oʻtish

Oʻrgimchak-odam: Yangi kun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻrgimchak-odam: Yangi kun
Spider-Man: Brand New Day

Filmning oʻzbekcha posteri
Rejissyor(lar) Destin Daniel Cretton
Prodyuser(lar)
Ssenariy
muallif(lar)i
Qaysi asarga
asoslangan
Oʻrgimchak-odam
–Stan Lee, Steve Ditko
Rollarda
Bastakor(lar) Michael Giacchino
Operator(lar) Brett Pawlak
Montajyor(lar)
Studiya
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Premyera
sanasi
Davomiylik 145 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $225 million[3]
Daromad $2.513 milliard[4][5]

Oʻrgimchak-odam: Yangi kun (inglizcha: Spider-Man: Brand New Day) — Marvel Comics qahramoni Oʻrgimchak-odam haqidagi superqahramonlik filmi. Film Columbia Pictures, Marvel Studios va Pascal Pictures tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, Sony Pictures Releasing tomonidan namoyish etiladi. U Marvel Kino Olamining (MCU) 38-filmi hamda Spider-Man: No Way Home (2021) filmidan keyingi toʻrtinchi MCU Spider-Man filmi hisoblanadi. Filmga Destin Daniel Cretton rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Chris McKenna va Erik Sommers yozgan. Asosiy rolni yana Tom Holland ijro etib, Peter Parker / Spider-Man obrazini gavdalantiradi. Shuningdek, filmda Zendaya, Sadie Sink, Jacob Batalon, Jon Bernthal, Florence Pugh, Tramell Tillman, Marisa Tomei, Michael Mando va Mark Ruffalo kabi aktyorlar ham ishtirok etadi. Filmda Parker yolg‘iz holda qahramon O‘rgimchak odam sifatida Nyu-York shahrini himoya qilishga o‘zini bag‘ishlaydi. Shaxsiy muammolari va haddan tashqari ko‘p ishlashi uning superqobiliyatlarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, Parker yangi telepatik tahdidga duch keladi.

Spider-Man: Brand New Day filmini yaratish gʻoyasi 2019-yil avgust oyidayoq Sony Pictures tomonidan muhokama qilina boshlagan. 2021-yil noyabrida film prodyuseri Amy Pascal ushbu loyiha Tom Holland bosh rolni ijro etadigan yangi Spider-Man trilogiyasining ilk filmi boʻlishini maʼlum qilgan. 2021-yil dekabr oyida ssenariy gʻoyasi ishlab chiqila boshlangan. Tom Holland bu safar faqat bosh rol ijrochisi sifatida emas, balki ijodiy jarayonda ham faol qatnashgan. Uning Peter Parker obrazining rivojlanishi haqidagi fikrlari film konsepsiyasini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. 2023-yil fevral oyida avvalgi Spider-Man filmlarining ssenariy mualliflari Chris McKenna va Erik Sommers yana loyiha ustida ishlashni boshladilar. 2024-yil oktyabr oyida esa rejissyorlik vazifasi Destin Daniel Crettonga topshirildi. 2025-yil mart oyida filmning Brand New Day nomi rasman eʼlon qilingan. Bu nom 2008-yilda nashr etilgan Marvel komikslaridagi mashhur „Brand New Day“ syujetiga ishora qiladi. Mazkur komiksda Spider-Manning hayoti tubdan oʻzgaradi. Film ijodkorlari ham aynan shu gʻoyani ekranga olib chiqishni maqsad qilgan: Peter Parker endi yolgʻiz harakat qiladigan, Nyu-York koʻchalaridagi jinoyatlarga qarshi kurashuvchi qahramon sifatida tasvirlanadi. Suratga olish ishlari boshlanishidan avval Jon Bernthal va Mark Ruffalo Marvel Kino Olamidagi mashhur rollariga qaytishi tasdiqlangan. Bernthal yana Frank Castle / Punisher, Ruffalo esa Bruce Banner / Hulk obrazlarini gavdalantiradi va shu orqali film voqealarini MCU bilan yanada chambarchas bogʻlaydi. Filmni suratga olish ishlari 2025-yil avgust oyida boshlanib, dekabr oyida yakunlangan. Tashqi sahnalar Shotlandiyaning Glazgo shahri hamda Angliyaning turli hududlarida tasvirga olingan. Maxsus dekoratsiyalar talab qiladigan ichki sahnalar esa Angliyadagi Pinewood Studios pavilyonlarida suratga tushirilgan. Bu studiya zamonaviy kino sanoatining eng mashhur maskanlaridan biri boʻlib, koʻplab Marvel va boshqa yirik blokbaster filmlar aynan shu yerda ishlangan.

Spider-Man: Brand New Day filmining premyerasi 2026-yil 27-iyul kuni Los Angeles shahri Hollywood Dolby Theatreda bo‘lib o‘tgan. Film 2026-yil 31-iyul kuni AQShda ommaga taqdim qilingan hamda Marvel Kino Olamining (MKO)ning oltinchi fazasi tarkibiga kirgan. Tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan. Film dunyo bo‘ylab 2.513 milliard AQSh dollari miqdorida daromad to‘plab, daromad bo‘yicha Spider-Man filmlari orasida hamda 2026-yilda ekranlarga chiqqan filmlar orasida esa eng yuqori daromad qilgan film boʻlgan. Shuningdek, u kino tarixidagi eng yuqori daromad qilgan uchinchi filmga aylangan.

Doctor Strangening sehrli afsuni butun insoniyat xotirasidan Peter Parker mavjudligini unuttirgach, u sevgilisi MJ va eng yaqin do‘sti Ned Leedsni himoya qilish maqsadida ularga o‘zini qayta tanishtirmaslikka qaror qiladi. Keyingi to‘rt yil davomida Parker Nyu-York shahrini O‘rgimchak odam nomi bilan anonim ravishda himoya qiladi va mashhur qahramonga aylanadi. U Mac Gargan va „Qo‘l“ ninjalar guruhi kabi yirik jinoyatchilarni mag‘lub etib, politsiya detektivi Jean DeWolffning ishonchiga sazovor bo‘ladi. Shu bilan birga Parker xolasi May Parkerning qabrini muntazam ziyorat qilib turadi.

  • Tom Holland Peter Parker (Oʻrgimchak-odam) rolida[6]:
    Radioaktiv oʻrgimchak chaqqanidan soʻng oʻrgimchakka xos qobiliyatlarga ega boʻlgan sobiq Qasoskor Peter Parker Oʻrgimchak odam: Uyga yoʻl yoʻq filmi voqealaridan soʻng butunlay yangi hayot boshlaydi[7]. Doctor Strangening sehri sababli butun dunyo uning kimligini unutadi va Parker jamiyat uchun nomaʼlum shaxsga aylanadi. Endilikda u Nyu-York shahrini koʻcha jinoyatchilaridan himoya qilishni oʻzining asosiy maqsadiga aylantiradi[8]. Rejissyor Destin Daniel Crettonning taʼkidlashicha, Parker endi bor eʼtiborini Oʻrgimchak Odam boʻlishga qaratadi[9]. Tom Holland esa ushbu rolni oʻziga xos chuqur hissiyotlarga boy ekanligini taʼkidlagan. Uning aytishicha, doimiy fidoyilik va oʻz manfaatlaridan voz kechish Parkerning shaxsiy hayoti hamda sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Film, shuningdek, Parkerning oʻsmirlik davridan kattalar hayotiga oʻtish jarayonida oʻzligini anglash yoʻlidagi izlanishlarini yoritadi[10]. Holland bu obrazni talqin qilishda oʻzining hayotiy tajribalaridan ham ilhomlangani aytiladi. Jinoyatchilikka qarshi tinimsiz kurash va bir vaqtlar unga yaqin boʻlgan doʻstlarining usiz hayotlarini davom ettirayotganini koʻrish Parkerning qobiliyatlarida yangi oʻzgarishlarni yuzaga keltiradi. Natijada u tanasidan tabiiy ravishda oʻrgimchak toʻri ishlab chiqarish qobiliyatiga ega boʻladi[11]. Bu qobiliyat Sam Raimi rejissyorligida suratga olingan bosh rolni Tobey Maguire ijro etgan Oʻrgimchak Odam filmlaridagi qobiliyatiga oʻxshashdir[12].
  • Zendaya Michelle Jones-Watson / MJ rolida:
    Parkerning sobiq sinfdoshi hamda sevgilisi. MJ hozirda Massachusetts texnologiya institutida (MIT) Ned Leeds bilan birga taqsil oladi[13]. Filmda MJning yangi sevgilisi paydo boʻlishi Parkerning ichki dunyosida hissiy ziddiyatlarga sabab boʻladi[14]. Zendaya ssenariy mualliflari bilan hamkorlik qilib, MJ obrazining o‘ziga xos xususiyatlari saqlab qolinishini, shu bilan birga qahramonning xarakteri yanada yetukroq tarzda rivojlantirilishini ta’minlagan. Bunga sabab, dastlabki ssenariy variantida uning fikricha, qahramonning xarakteri haddan tashqari oddiy edi[15].
  • Sadie Sink Jean Grey rolida[16]:
    Telekinez, telepatiya hamda boshqa shaxs ongini egallash kabi psionik qobiliyatlarga ega bo‘lgan mutant bo‘lib, Department of Damage Control tomonidan qo‘lga olinadi va keyinchalik Spider-Manning raqibiga aylanadi[17][18]. Film Jeanning kelib chiqish tarixini komikslardagidan o‘zgacha talqin qiladi. Filmda Jean o‘z qobiliyatlarini singlisi Sara bilan birgalikda asta-sekin rivojlantiradi. Bu talqin komikslardagi voqealardan farq qiladi. Komikslarda Jeanning qobiliyatlari avtohalokatdan keyin yuzaga kelgan posttravmatik stress oqibatida namoyon bo‘ladi[19].
  • Jacob Batalon Ned Leeds rolida:
    Parkerning MJ bilan hozirda MIT da taqsil olayotgan sobiq doʻsti[20]. U Oʻrgimchak odam ular yuqori maktabda oʻqib yurgan vaqtlari ularning hayotini saqlab qolgani uchun raxmat aytish hamda kimligini bilish ilinjida „Spidey tracker“ degan ilova yaratadi[21][22][23]. Batalonning ta’kidlashicha, Ned va MJ har ikkisi ham to‘laqonli va farovon hayot kechirayotgan bo‘lsalar-da, ichki hissiyotlarida go‘yoki nimadir yetishmayotgandek tuyg‘u saqlanib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ned tomonidan yaratilgan „Spidey tracker“ aynan Spider-Man bilan ular o‘rtasidagi yo‘qolgan bog‘liqlik qayta topishga qaratilgan vosita hisoblanadi[24].
  • Jon Bernthal Frank Castle / Punisher rolida:
    Oilasining shafqatsizlarcha oʻldirilishidan soʻng, jinoyatchilik olamiga qarshi har qanday vosita orqali, uning oqibatlari qanchalik halokatli boʻlishidan qatʼi nazar, kurashishni maqsad qilgan qahramon[25]. Film Castle obrazining Disney+ platformasida namoyish etilgan The Punisher: One Last Kill (2026) nomli maxsus televizion filmidagi voqealardan keyingi faoliyatini davom ettiradi. Mazkur maxsus film Brand New Day voqealari arafasida Frankning psixologik holatini yoritadi[26]. Jon Bernthalning taʼkidlashicha, film voqealari boshlanishiga kelib Castle deyarli insoniyatdan butunlay yuz oʻgirgan boʻladi[27]. Castle yuk tashuvchi kemadan qayta yasalgan uy-qayiqda faoliyat yuritadi. Ushbu inshoot bir vaqtning oʻzida boshqaruv markazi va xavfsiz boshpana vazifasini bajaradi[28]. Prodyuser Kevin Feigening soʻzlariga koʻra, mazkur filmda qahramonning talqini uning avvalgi Marvel Kino Olamidagi (MKO) koʻrinishlariga nisbatan oʻziga xos uslubiy ohang bilan ajralib turadi. Uning avvalgi MKO loyihalaridagi talqini zoʻravonlikka asoslangan harakatlariga koʻproq urgʻu bergan boʻlsa, ushbu filmning PG-13 reytingi bunday zoʻravonlikni xuddi shu darajada tasvirlash imkonini bermaydi[29]. Tom Hollandning aytishicha, suratga olish jarayonida u va Jon Bernthal koʻplab sahnalarni improvizatsiya qilgan. Natijada Peter Parker va Frank Castle oʻrtasidagi munosabatlar rivojlanib, dastlab oʻzaro nafrat bilan boshlangan aloqalar keyinchalik „katta aka–kichik uka“ uslubidagi raqobatga aylangan[30]. Holland, shuningdek, Peter Parker va Frank Castle oʻrtasidagi oʻxshashlikni taʼkidlab, har ikkala qahramon ham „bir xil jarayonni boshdan kechirayotganini“ qayd etgan[31]. Shu sababli Castle Peter Parker uchun murabbiylik rolini bajarib, unga murakkab ruhiy holatini yengib oʻtishda yordam beradi[32]. Bundan tashqari, komikslarda tasvirlangan Castlening jangovor furgoni ilk bor ekranizatsiyalashtiriladi[33].
  • Tramell Tillman Bill Metzger rolida[34]:
    Damage Control Departmenti (DCD) boshligʻi boʻlib, superqobiliyatlarga ega shaxslar faoliyatini nazorat qiladi[35]. DCD obyektida sodir bo‘lgan ommaviy qochishdan so‘ng, Metzger faqat Spider-Man sezishi mumkin bo‘lgan va uning superqobiliyatlari tufayli o‘ziga ta’sir qilmaydigan ko‘rinmas tahdidga qarshi kurashishda Spider-Mandan yordam so‘raydi[36][37].
  • Florence Pugh Yelena Belova / Black Widow rolida: Red Roomda Black Widow boʻlishga tayyorlangan yangi qasoskorlar jamoasining aʼzosi[38].
  • Marisa Tomei May Parker rolida: Peterning xolasi. U filmda fleshbeklar orqali Peterning xotiralarida paydo boʻladi[39].
  • Mark Ruffalo Bruce Banner / Hulk rolida:
    Qasoskorlar jamoasining asoschilaridan biri boʻlgan buyuk olim. Bruce Banner gamma nurlanishi bilan bogʻliq hodisa natijasida jahli chiqqanda yoki kuchli hissiy bosim ostida qolganda ulkan, yashil terili va favqulodda kuchga ega mavjudotga aylanadi[40]. Hozirda Banner Empire State Universitetida (ESU) kvant mexanikasi boʻyicha professor lavozimida ishlaydi. Peter Parker oʻz superqobiliyatlaridagi gʻayrioddiy oʻzgarishlarni tushunish uchun uning yordamiga murojaat qiladi[41][42]. Oʻzidagi gamma nurlanishini nazorat qilish maqsadida Banner maxsus inhibitor texnologiyasidan foydalanadi, bu esa unga inson qiyofasini saqlab qolish imkonini beradi. Ushbu qurilma ilk bor Shang-Chi and the Legend of the Ten Rings filmida namoyon boʻlgan va keyinchalik She-Hulk: Attorney at Law serialida uning vazifasi hamda ishlash mexanizmi batafsil tushuntirilgan[43]. Avengers: Endgame filmida Banner oʻz shaxsiyatining ikki tomonini (Bruce Benner va Hulk) muvaffaqiyatli birlashtirib, „Smart Hulk“ qiyofasiga erishganidan soʻng, Brand New Day filmida u yana boshqarib boʻlmaydigan va vayronkor „Savage Hulk“ shaxsiyatiga qaytadi. Ushbu qiyofa oxirgi marta Avengers: Infinity War filmida namoyon boʻlgan edi[44][45].

Bundan tashqari, Michael Mando Mac Gargan / Scorpion rolidani ijro etgan. Chayonga oʻxshash mexanik dum bilan jihozlangan zirhli jangovar kostyumdan foydalanadigan jinoyatchi[46][47]. U avvalroq Oʻrgimchak Odam tomonidan qoʻlga olinib, Oʻrgimchak Odam: Uyga qaytish voqealaridan soʻng hibsga olingan[48]. Zabryna Guevara esa MCU teleseriali Daredevil: Born Again (2025–hozirgacha)dagi Sheila Rivera roliga yana qaytadi[49]. Ushbu filmda u New York meri sifatida gavdalanadi[50]. Liza Colón-Zayas detektiv Jean DeWolff rolini gavdalantiradi[51]. Marvin Jones III albinizmga ega, terisi deyarli shikastlanmaydigan va g‘ayriinsoniy kuchga ega bo‘lgan jinoyat yetakchisi Lonnie Lincoln / Tombstone rolini ijro etadi[52]. U avvalroq ushbu qahramonning boshqa talqiniga Spider-Man: Into the Spider-Verse (2018) animatsion filmida ovoz bergan edi[53]. Eman Esfandi MJning yangi sevgilisi obrazida paydo bo‘ladi[54][55]. Olivia Booth-Ford Jeanning undan katta, o‘zi kabi mutant bo‘lgan va ayni psionik qobiliyatlarga ega opasi Sara Greyni ijro etadi[56]. Shannon Young Cho ESUdagi Bannerning talabalaridan biri bo‘lgan Cindy rolini ijro etadi[57]. Billy Clements kiborg superyovuz qahramon Ramrod obrazini gavdalantiradi[58], Naomi Watts esa Parkerning sun’iy intellekt yordamchisi E.V. ga ovoz beradi[59]. Keith David Peter tomosha qiladigan o‘rgimchaklar haqidagi tabiatshunoslik hujjatli filmida hikoyachiga ovoz beradi[60]. Filmda, shuningdek, Boomerang, Tarantula[61], hamda the Hand tashkiloti ham ishtirok etadi[62]. Kaskadyor va jang san’ati ustasi Fan Xiaoshuang the Hand tashkilotining yetakchisi rolini ijro etadi[63]. Pat Kiernan filmda reporyor bo libo‘zining hayotdagi obrazini gavdalantiradi[64]. Tony Revolori va Martin Starr esa MKO qahramonlari Flash Thompson hamda Roger Harrington sifatida fotosuratlar orqali namoyon bo‘ladi[65].

  1. ↑ „“Oʻrgimchak odam: yangi kun” filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi“. Afisha.uz (2026-yil 21-iyul). Qaraldi: 2026-yil 5-avgust.
  2. ↑ „Spider-Man: Brand New Day (12A)“. British Board of Film Classification (2026-yil 16-iyul). 2026-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-iyul.
  3. ↑ D'Alessandro, Anthony „Look Out, Here Comes 'Spider-Man: Brand New Day': $465M WW Opening Set To Be 2nd-Biggest Ever For Sony – Box Office Preview“. Deadline Hollywood (2026-yil 28-iyul). 2026-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 28-iyul.
  4. ↑ „Oʻrgimchak-odam: Yangi kun“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2026-yil 4-avgust.
  5. ↑ „Oʻrgimchak-odam: Yangi kun“. The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 2026-yil 5-avgust.
  6. ↑ D'Alessandro, Anthony „Sony Adds Untitled 'Spider-Man' With Tom Holland To Summer 2026 Calendar; Destin Daniel Cretton Directing“. Deadline Hollywood (2024-yil 25-oktyabr). 2024-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.
  7. ↑ D'Alessandro, Anthony „Sony Adds Untitled 'Spider-Man' With Tom Holland To Summer 2026 Calendar; Destin Daniel Cretton Directing“. Deadline Hollywood (2024-yil 25-oktyabr). 2024-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-oktyabr.
  8. ↑ Mullor, Mireia; Tanswell, Adam (July 21, 2025). „MCU boss Kevin Feige reveals why Marvel is pairing up Spider-Man and The Punisher in Brand New Day: "[It's] street-level crime as opposed to world-ending events"“. Total Film]. GamesRadar+. July 22, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 22, 2025.
  9. ↑ Travis, Ben (May 28, 2026). „Spider-Man: Brand New Day Is First MCU Film To Centre 'Classic Elements' Of Spidey, Says Kevin Feige“. Empire. May 28, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 28, 2026.
  10. ↑ „WATCH: Tom Holland Swings by ESB to Drop "Spider-Man: Brand New Day" Trailer“. The Empire State Building (2026-yil 20-mart). 2026-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 21-mart.
  11. ↑ „'Spider-Man: Brand New Day' Trailer and Movie Tickets Go Live“. Marvel.com (2026-yil 17-iyun). 2026-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-iyun.
  12. ↑ Romano, Nick (March 18, 2026). „'Spider-Man: Brand New Day' trailer reveals Punisher, Hulk, Scorpion, and mutating Peter Parker“. Entertainment Weekly. March 18, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 18, 2026.
  13. ↑ Whitbrook, James „Breaking Down the Secrets of the 'Spider-Man: Brand New Day' Trailer“. Gizmodo (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  14. ↑ Russell, Bradley „Spider-Man: Brand New Day trailer brings in Punisher and Mark Ruffalo's Hulk as Tom Holland's Peter Parker faces iconic villains and personal heartbreak“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  15. ↑ Romano, Nick (July 29, 2026). „Zendaya wanted an 'MJ pass' of the Spider-Man: Brand New Day script: 'Where did all her weirdness go?'“. Entertainment Weekly. July 29, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 31, 2026.
  16. ↑ Kroll, Justin „'Stranger Things' Star Sadie Sink Joins Tom Holland In Next 'Spider-Man' Movie“. Deadline Hollywood (2025-yil 12-mart). 2025-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  17. ↑ Garside, Megan „Who does Sadie Sink play in Spider-Man: Brand New Day? Marvel's biggest secret this year has been revealed“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 29-iyul). 2026-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 29-iyul.
  18. ↑ Milici, Lauren „Spider-Man: Brand New Day ending explained: Who dies, who does Sadie Sink play, and does Ned remember Peter?“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 29-iyul). 2026-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 29-iyul.
  19. ↑ Romano, Nick (July 31, 2026). „Sadie Sink's Spider-Man: Brand New Day character officially revealed“. Entertainment Weekly. July 31, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 31, 2026.
  20. ↑ Whitbrook, James „Breaking Down the Secrets of the 'Spider-Man: Brand New Day' Trailer“. Gizmodo (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  21. ↑ Rubin, Rebecca (April 13, 2026). „'Spider-Man: Brand New Day' Footage at CinemaCon Reveals Tom Holland's Peter Parker Discovering Zendaya's New Love Interest“. Variety. April 14, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 14, 2026.
  22. ↑ Stenzel, Wesley (April 14, 2026). „Spider-Man: Brand New Day at CinemaCon: Here's what we saw in the new footage“. Entertainment Weekly. April 14, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 14, 2026.
  23. ↑ Steinberg, Brian „Samsung Galaxy Gets Starring Role in 'Spider Man: Brand New Day'“. Variety (2026-yil 16-iyun). 2026-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 16-iyun.
  24. ↑ Behbakht, Andy „MJ's Spider-Man: Brand New Day Story Replaces Peter Parker From OG Trilogy In 1 Key Way“. Screen Rant (2026-yil 21-iyul). 2026-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 23-iyul.
  25. ↑ Kit, Borys (June 20, 2025). „Jon Bernthal Joins Tom Holland in 'Spider-Man: Brand New Day'“. The Hollywood Reporter. June 20, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: June 20, 2025.
  26. ↑ Milheim, Russ „The Punisher: One Last Kill Perfectly Sets Up Frank Castle for Spider-Man: Brand New Day—Director Reinaldo Marcus Green Explains Why“. The Direct (2026-yil 13-may). 2026-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 13-may.
  27. ↑ McPherson, Chris; Nemiroff, Perri „Tom Holland Addresses Sadie Sink's Mysterious MCU Debut in 'Spider-Man: Brand New Day' [Exclusive“]. Collider (2026-yil 15-iyul). 2026-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 15-iyul.
  28. ↑ Brooke, David „'The Art of Spider-Man: Brand New Day' review: everything we learned“. AIPT (2026-yil 8-iyul). 2026-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 8-iyul.
  29. ↑ Kit, Borys; McClintock, Pamela (July 20, 2025). „Marvel's Kevin Feige Talks Scaling Back, Losing Kang and His Texts to James Gunn After 'Superman'“. The Hollywood Reporter. July 20, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 21, 2025.
  30. ↑ Marston, George „Tom Holland compares Jon Bernthal's Frank Castle to Robert Downey Jr.'s Tony Stark in Spider-Man: Brand New Day: "The relationship between Spider-Man and the Punisher is so funny"“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 20-mart). 2026-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 20-mart.
  31. ↑ McPherson, Chris; Nemiroff, Perri „Tom Holland Addresses Sadie Sink's Mysterious MCU Debut in 'Spider-Man: Brand New Day' [Exclusive“]. Collider (2026-yil 15-iyul). 2026-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 15-iyul.
  32. ↑ Canfield, David „Jon Bernthal on 'Odyssey' Battles, Counseling Spider-Man and Always Going Big: "Embarrass the F*** Out of Yourself"“. The Hollywood Reporter (2026-yil 16-iyul). 2026-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-iyul.
  33. ↑ Whitbrook, James „Breaking Down the Secrets of the 'Spider-Man: Brand New Day' Trailer“. Gizmodo (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  34. ↑ Behbakht, Andy „Major X-Men Villain Confirmed For Spider-Man: Brand New Day“. Screen Rant (2026-yil 17-iyun). 2026-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-iyun.
  35. ↑ Bacon, Tom „X-Men Villain Officially Confirmed For Spider-Man: Brand New Day, Setting Up Marvel's Mutant Saga“. ComicBook.com (2026-yil 18-iyun). 2026-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 25-iyun.
  36. ↑ Riddhee. „Spider-Man: Brand New Day final trailer reveals Peter Parker's new blocking-electric-batons power“. Soap Central (2026-yil 21-iyul). 2026-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 25-iyul.
  37. ↑ Bui, Hoai-Tran „How Destin Daniel Cretton Brought Spider-Man Back To Earth“. Inverse (2026-yil 22-iyul). 2026-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 25-iyul.
  38. ↑ Staniforth, Nick „Yelena's cameo in Spider-Man: Brand New Day finally answers one of the MCU's biggest questions about the Avengers“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 30-iyul). 2026-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 30-iyul.
  39. ↑ Gomez, Dessi „'Spider-Man: Brand New Day' Cast & Character Guide: Avengers, Mutants & More Superheroes“. Deadline Hollywood (2026-yil 31-iyul). 2026-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 1-avgust.
  40. ↑ Couch, Aaron; Kit, Borys (August 1, 2025). „Mark Ruffalo Returning as the Hulk for 'Spider-Man 4'“. The Hollywood Reporter. August 1, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 1, 2025.
  41. ↑ Romano, Nick (March 18, 2026). „'Spider-Man: Brand New Day' trailer reveals Punisher, Hulk, Scorpion, and mutating Peter Parker“. Entertainment Weekly. March 18, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 18, 2026.
  42. ↑ Whitbrook, James „Breaking Down the Secrets of the 'Spider-Man: Brand New Day' Trailer“. Gizmodo (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  43. ↑ Mathai, Jeremy „Why Mark Ruffalo's Hulk Is Human Again In Spider-Man: Brand New Day“. /Film (2026-yil 18-mart). 2026-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 19-mart.
  44. ↑ Loving, Casey „'Spider-Man: Brand New Day' Trailer Brings Savage Hulk Back to the MCU“. TheWrap (2026-yil 17-iyun). 2026-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 25-iyun.
  45. ↑ Bonomolo, Cameron „'Spider-Man: Brand New Day' Officially Confirms a Major Change to the Hulk“. Collider (2026-yil 17-iyun). 2026-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 25-iyun.
  46. ↑ Gallagher, Simon „The MCU Finally Drops First Official Scorpion Reveal in Brand New Day After 9 Years“. ComicBook.com (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  47. ↑ Russell, Bradley „All the new comic-book characters in the Spider-Man: Brand New Day trailer“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  48. ↑ Couch, Aaron; Kit, Borys (August 1, 2025). „Mark Ruffalo Returning as the Hulk for 'Spider-Man 4'“. The Hollywood Reporter. August 1, 2025da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 1, 2025.
  49. ↑ George, Joe „Spider-Man: Brand New Day Looks to Directly Tie into Daredevil: Born Again“. Den of Geek (2026-yil 18-mart). 2026-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 19-mart.
  50. ↑ Erdmann, Kevin „Spider-Man: Brand New Day - Over 100 Easter Eggs, References, & Major Cameos Explained“. Screen Rant (2026-yil 30-iyul). 2026-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-iyul.
  51. ↑ Cordero, Rose „Liza Colon-Zayas Joins Hulu's David Shore Legal Drama 'Conviction'“. Deadline Hollywood (2026-yil 20-iyul). 2026-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-iyul.
  52. ↑ Grobar, Matt „Marvin Jones III To Play Crime Boss Tombstone In 'Spider-Man: Brand New Day'“. Deadline Hollywood (2025-yil 23-sentyabr). 2025-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-sentyabr.
  53. ↑ Grobar, Matt „Marvin Jones III To Play Crime Boss Tombstone In 'Spider-Man: Brand New Day'“. Deadline Hollywood (2025-yil 23-sentyabr). 2025-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 23-sentyabr.
  54. ↑ Russell, Bradley „Spider-Man: Brand New Day trailer brings in Punisher and Mark Ruffalo's Hulk as Tom Holland's Peter Parker faces iconic villains and personal heartbreak“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  55. ↑ Stenzel, Wesley (April 14, 2026). „Spider-Man: Brand New Day at CinemaCon: Here's what we saw in the new footage“. Entertainment Weekly. April 14, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 14, 2026.
  56. ↑ Romano, Nick (July 31, 2026). „Sadie Sink's Spider-Man: Brand New Day character officially revealed“. Entertainment Weekly. July 31, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 31, 2026.
  57. ↑ Majumdar, Rahul „Spider-Man Fans Think They've Found a Major MCU Cameo Hidden in Brand New Day“. SuperHeroHype (2026-yil 31-iyul). 2026-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-iyul.
  58. ↑ Russell, Bradley „Spider-Man: Brand New Day villain says a "lot" of his scenes were cut and "more recognizable actors" were removed entirely“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 30-iyul). 2026-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 30-iyul.
  59. ↑ Mathai, Jeremy „Who Voices Peter Parker's AI Assistant E.V. In Spider-Man: Brand New Day?“. /Film (2026-yil 31-iyul). 2026-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-iyul.
  60. ↑ Whitbrook, James „Breaking Down the Secrets of the 'Spider-Man: Brand New Day' Trailer“. Gizmodo (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  61. ↑ Russell, Bradley „All the new comic-book characters in the Spider-Man: Brand New Day trailer“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  62. ↑ Russell, Bradley „All the new comic-book characters in the Spider-Man: Brand New Day trailer“. Total Film]. GamesRadar+ (2026-yil 18-mart). 2026-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 18-mart.
  63. ↑ Phillips, Tom „Spider-Man: Brand New Day Director Gives Best Look Yet at Villains Boomerang and the Hand — but Are the Photos a Misdirect?“. IGN (2026-yil 3-iyul). 2026-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 4-iyul.
  64. ↑ Erdmann, Kevin „Spider-Man: Brand New Day - Over 100 Easter Eggs, References, & Major Cameos Explained“. Screen Rant (2026-yil 30-iyul). 2026-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 31-iyul.
  65. ↑ Stenzel, Wesley (April 14, 2026). „Spider-Man: Brand New Day at CinemaCon: Here's what we saw in the new footage“. Entertainment Weekly. April 14, 2026da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 14, 2026.