Oʻlish mumkin emas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻlish mumkin boʻlmagan joylar

Oʻlimni taqiqlash — maʼlum bir joyda oʻlishni qonuniy ravishda taqiqlash (marhumning oilasiga jarima solinadi).

Ilgari u diniy yoki siyosiy sabablarga koʻra, muqaddas joyni tahqirlamaslik uchun joriy qilingan. Miloddan avvalgi V asrdan yunonlar muqaddas Delos orolida oʻlishga taʼqiq qoʻyishgan. Buyuk Britaniyada Westminster parlament saroyida oʻlish mumkin emasligi va u yerda tasodifan vafot etganlar poklanish belgisi sifatida qirol hisobidan dafn etilishi mumkinligi haqida tez-tez taʼkidlangan. Biroq, bu afsona hech qanday tasdiqga ega emas[1].

Bizning zamonda bir qator aholi punktlari shahardagi qabristonlarning gavjumligi tufayli „majburlikdan“ oʻlimni taqiqlovchi qonun qabul qilib, yuqori idoralar oʻlganlarni dafn qilish uchun yangi yer hududlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Bunday qonunlar Lanjaronda (Andalusiya, Ispaniya), uchta fransuz aholi punktida (bularning barchasi Fransiyaning janubida) — Kugno, Le Lavandu va Sarpuransda, Shpubbarddagi Longyarbyen shahrida[2] amal qiladi va bu haqda qonun loyihasi qabul qilingan. Braziliyaning Biritiba-Mirim shahrida ham ushbu qonunni qabu qilish taklif qilingan. Bu qonunni qabul qilishga asos qilib: shahar bir necha daryolar qoʻshilgan joyda joylashgani, ichimlik suvining shu yerdan kelishi, demak, yangi qabrlar, qabristonlarning oʻsishi atrof-muhitning ifloslanishi nuqtai nazaridan xavfliligini tʼkidlashgan.

Longyearbyen shahrida (Shpitsbergen arxipelagi, Norvegiya) oʻlishni taqiqlovchi qonun mavjud. Agar biror kishi jiddiy kasallikka duchor boʻlsa yoki halokatli oqibatlarga olib keladigan baxtsiz hodisa yuz bersa, bemorni darhol havo yoki dengiz orqali Norvegiyaning boshqa qismiga olib borish kerak va Longyearben hududida oʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Ammo shaharda oʻlim sodir boʻlsa ham, marhum baribir „materik“da dafn etilgan. Ushbu majburiy choralar abadiy muzlik sharoitida koʻmilgandan keyin jasadlar umuman parchalanmasligi va qutb ayiqlari kabi yirtqichlarning eʼtiborini jalb qilishi bilan izohlangan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Clare, Sean. „Illegal mince pies and other legal legends“ (inglizcha). BBC News (6-aprel 2012-yil). 29-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2018-yil.
  2. 2,0 2,1 Bartlett, Duncan. „Why dying is forbidden in the Arctic“. BBC News.com. Norway: BBC (12-iyul 2008-yil). 13-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2011-yil.