Tabiat muzeyi
Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 12 iyul 1876-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Toshkent |
41°18′4.0″N 69°15′34.2″E / 41.301111°N 69.259500°E
Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi yoki Tabiat muzeyi— Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiymaʼrifat muassasasi. "Toshkent muzeyi" nomi bilan 1876-yil. Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1921-yilda muzey qad. yodgorliklarni saqlash, sanʼat va tabiat ishlari boʻyicha qoʻmita tasarrufiga oʻtkazilib, Oʻrta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi. 1930-yilda tabiat boʻlimlari, qishloq xoʻjaligi, muzeyi hamda Zoologiya bogʻi bilan birga Oʻrta Osiyo tabiat muzeyi va ishlab chiqaruvchi kuchlar nomi berildi. 1935-yil. yanvar oyida Oʻzbekiston Davlat tabiat muzeyiga aylantirildi. 1944-yildan muzey boy ilmiy fondlarni saqlaydigan muassasa sifatida Oʻzbekiston FA tizimiga, 1963-yildan esa Oʻzbekiston madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga oʻtkazildi. Muzeyda zoologiya va botanika; geologiya va geog .; ilmiy-maʼrifiy; fond yoki jamg'arma boʻlimlari bor. Muzey koʻrgazma zallariga Yerda hayotning paydo boʻlishi va rivojlanishi, organik dune evolyutsiyasi, odamning paydo boʻlishi, respublika tabiati va uning boyliklari, ulardan foydalanish toʻgʻrisida koʻplab tabiiy eksponatlar, kolleksiyalar va koʻrgazmali materiallar qoʻyilgan.
Muzeyda jami 372021, jumladan botanika boʻyicha 10496, zoologiya boʻyicha 359642 (shundan 355045 hasharotlar), geologiya boʻyicha 1883 eksponat bor (2004). Muzeyda oʻlkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari qam olib boriladi. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib koʻradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
- Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi
- Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash muzeyi
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |