Kontent qismiga oʻtish

Oʻtroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`troqdan yoʻnaltirildi)

Oʻtroq, Atrak (12-asr) — Dashti Qipchoq dagi qipchoq xonlaridan biri. Sharukanttt oʻgʻli. 1103, 1107, 1111-yillarda Kiyev knyazi Vladimir II Monomax, qipchoqlar ustidan gʻalaba qozongach, Donning oʻrta oqimi qirgʻoqlaridan jan.ga qarab ketgan. Uning qoʻshinlari Belaya Veja yaqinida bijanaqlar va torklarning birlashgan kuchlarini tormor keltirgan (1117-yil). 1118-yil bir necha qipchoq oʻrdalari Oʻ. boshchiligida Kavkazoldi dashtlariga kelib joylashganlar. Ayni shu yili Gruziya shohi Dovud "Quruvchi" Oʻ. huzuriga oʻz elchilarini yuborgan va unga oʻz qabiladoshlari va tobe odamlari bilan Gruziyaga koʻchib kelishni taklif etgan. Oʻ. bilan Daryoli orqali Gruziyaga 40 ming qipchoq, jumladan, 5 ming sara askar kelgan. Shu bilan birga Kavkazoldida Oʻ.qa tegishli 35 ming jangchi qolgan. Dovud Oʻ. odamlarini mamlakatning jan. va sharqiy chegaralari, saljuqiylar bosqini natijasida aholisi deyarli qirilib ketgan Kartliga joylashtirgan. Dovud Oʻ. qoʻshinidan ichki va tashqi dushmanlari — gruzin mulkdorlari va saljuqiylarga qarshi kurashda foydalangan. Oʻ. saroyda katta mavqega ega boʻlgan. Bu nafaqat uning kuchli qoʻshini tufayli balki shoh bilan qarindoshlik munosabatlari oʻrnatganligida, qizi Gurandoʻxtni shohga xotinlikka berganligida edi. Vladimir Monomaxning vafot etgani haqida Oʻ.qa akasi Sirchanxon xabar berib, uni dashtga qaytishga chaqirgan. 12-asrning 20-yillari oxirida Oʻ. bir qism qoʻshin bilan Don daryosi sohillariga qaytgan. Uning oʻgʻli Konchak 12-asrning 2-yarmida qudratli qipchoq xonlaridan boʻlgan.

Javli Tursunov.