Kontent qismiga oʻtish

Oʻrtaovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`rtaovuldan yoʻnaltirildi)

OʻrtaovulToshkent viloyati Zangiota tumanidagi shaharcha (1974-yildan). Transport yoʻli stansiyasi. Tuman markazi Eshonguzar shaharchasidan 16 km janubida. Aholisi 17,2 ming kishi (2004). Goʻsht kti, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, xususiy, qoʻshma korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, madaniyat uylari, klub muassasalari bor. Toshkent — Chinoz, Toshkent — Yangiyoʻl va boshqalar yoʻnalishlardagi avtobus va marshrutli taksilar Oʻrtaovul hududidan oʻtadi. Oʻrtaovuldan Toshkentga marshrutli taksilar qatnaydi.