Kontent qismiga oʻtish

Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koni
Ishlab chiqarish
Recoverable oil 124 million barrel (~{{Expression error: Unrecognized punctuation character "[".|Expression error: Unrecognized punctuation character "[".|2}} t)

Oʻrtabuloq neft-gaz kondensat koniOʻzbekistonning janubida, Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasi yaqinida joylashgan tabiiy gaz koni. Kon quduqni muhrlash uchun yadroviy bombadan birinchi marta foydalanishga olib kelgan tabiiy gaz qudug'ining portlash joyi bo'lganligi bilan mashhur. 1961-yilda ochilgan. 1973-yil foydalanishga topshirilgan. Kon maydoni relyefi tepaliklardan iborat.

Oʻrtabuloq tizmasi Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl koʻtarilmasining sharqiy qismida joylashgan. Burma yirik braxiantiklinaldan iborat boʻlib, paleogen yotqiziqlari boʻyicha uning markaziy qismida graben mavjud, uning qanotlarini siljish amplitudasi 300 m ga teng. Konning geologik tuzilishida mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari ishtirok etadi. Yura davri yotqiziqlari qumtosh, alevrolit, gil jinslardan hamda kelloveyoksford yarusining karbonatlaridan tarkib topgan. Oʻrtabuloq strukturasida sanoat miqyosidagi gazlilik yura davrining qdrbonat yotqiziqlari (15R, 15NR gorizontlari)da aniqlangan. Gorizont yuqori gʻovaklikka ega boʻlgan organogendetritli ohaktoshlardan tuzilgan. Qazilgan 6 ta quduq 2510—2500 m chuq. da sanoat miqyosidagi gaz, 5 ta quduq 2578—2556 m chuq.da kuchsiz neft oqimi (300 l/sutka) boʻlgan uyumlarni ochgan. Gaz uyumi gumbazsimon, massiv koʻrinishda. Kondagi 15gorizontning qatlam suvlari yuqori darajada minerallashgan, namakob turiga mansub. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.