Kontent qismiga oʻtish

Oʻrta Eron togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O`rta Eron Tog`laridan yoʻnaltirildi)

Oʻrta eron togʻlariErondagi togʻ sistemasi, Eron togʻligining ichki qismida. Shim.gʻarbdan jan.sharqqa 1000 km ga choʻzilgan, eni eng serbar joyida 300 km. Aksari qismining bal. 2000–2500 m, eng baland joyi 4420 m (Hazor choʻqqisi). Yirik tizmalari — Koʻhirud va Koʻhibenon. Togʻlar, asosan, choʻkindi va vulkan jinslaridan tuzilgan, qurum koʻp. Yillik yogʻin 100–300 mm. Landshafti togʻ dashti va choʻldan iborat. Togʻ oraligʻidagi vodiylar toʻqay chakalakzorlari, togʻ tepalarida oʻtloq va butazorlar bor. Daryo vodiylarida terak, tol, jiyda, yongʻoq va boshqalar daraxtlar oʻsadi. Chorvachilikda yaylov sifatida foydalaniladi.