Oʻzbekiston Superligasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'zbekiston Oliy Ligasidan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekiston Superligasi
Toʻliq nomi Oʻzbekiston Superligasi
Davlat Oʻzbekiston
Konfederatsiya Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Oʻtkazuvchi tashkilot Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1
Asos solingan sana 1992-yil
Xalqaro musobaqalar Osiyo Chempionlar ligasi
Klublar soni 14 ta
Quyi divizion Pro liga
Ichki kuboklar O'zbekiston kubogi
Liga kubogi
Eng kuchli jamoa Paxtakor (14 marta)
Eng yaxshi toʻpurar Anvar Berdiyev (225ta gol)
Eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi Asror Aliqulov (520ta oʻyin)
Sayt Rasmiy sayti

Oʻzbekiston Superligasi (sobiq nomi — Oliy liga) — Oʻzbekiston professional futbol klublarining oliy toifali musobaqasi. Homiylik nuqtai nazaridan Coca-Cola Superligasi deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi. Superligada ishtirokchi jamoalari soni ayni paytda 14tani tashkil etadi. Mavsum yakuniga koʻra, Superligada soʻnggi ikki pogʻonani egallaydigan klublar Pro ligaga tushib ketadi. Superliga yakunida 12-oʻrinni qoʻlga kiritadigan jamoa esa Pro liganing 3-oʻrindagi klubiga qarshi Oʻtish uchrashuvida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi kelgusi mavsumda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashish huquqiga, shuningdek Oʻzbekiston Superkubogida mamlakat kubogi sohibiga qarshi oʻynash imkoniyatiga ega boʻladi.

Musobaqa formati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalarni boshqarish, tashkil etish va oʻtkazilishini nazorat qilish OʻzPFL tomonidan amalga oshiriladi. Superliga odatiy ikki davrali formatda tashkil etiladi. Chempionat har yili fevral oyi soʻnggida start oladi va noyabrga qadar davom etadi. Mavsum davomida har bir klub boshqa klublar bilan ikki marta, bir marta uyda va bir marta mehmonda, jami 26 ta oʻyin oʻtkazadi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko oladi, durang uchun bir ochko, magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan, mavsum oxirida eng yuqori oʻrinni egallagan klub chempion boʻladi. Superligada asosiy jamoa uchrashuvidan bir kun keyin U-21 chempionati oʻyini ham oʻtkaziladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqil Oʻzbekistonda futbol boʻyicha mamlakat chempionati 1992-yildan boshlab oʻtkazib kelinadi. Ilk bora tashkil etilgan chempionatda „Paxtakor“ va „Neftchi“ bir xil ochko jamgʻarib, yakunda qoʻshchempionlikni tantana qilishgan. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni dastlab Oliy liga deb nomlangan. Milliy chempionat 1992—2017-yillar mavsumlarida Oliy liga nomi ostida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Professional futbol ligasi ichki chempionatda islohotlar amalga oshirib, yuqori divizionni Oʻzbekiston Superligasiga aylantirdi.[1]

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston klublari ichida eng sovrindori — Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi sanaladi. „Paxtakor“ hozirga qadar 15 marta Oʻzbekiston chempionatida oltin medallarga ega chiqqan. Oʻzbekiston Superligasining sovrindor klublari Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishadi. Xususan, Oʻzbekiston chempioni va Oʻzbekiston kubogi sohibi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida toʻgʻridan-toʻgʻri qatnashsa, Superliganing kumush va bronza medallari gʻoliblari saralash bahslari orqali Chempionlar ligasiga yoʻl olishadi. Hozirga qadar Superliga jamoalarining qitʼa Chempionlar ligasidagi eng yaxshi natijasi yarim final boʻlib qolmoqda. Ayrim yillarda Oʻzbekiston klublari Osiyoda nufuz jihatidan ikkinchi oʻrindagi OFK kubogi musobaqasida ham ishtirok etgan. Xususan, „Nasaf“ 2011-yilda OFK kubogi finalida gʻalaba qozongan.

Superligada legionerlar limiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

OʻzPFL musobaqalari uchun klub 5 nafargacha xorijlik futbolchini legioner sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkin. Bunda ulardan biri (yoki hammasi) Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga aʼzo mamlakat fuqarosi boʻlishi shart, yaʼni Oʻzbekistonda 4+1 limiti amal qiladi. OFKga aʼzo davlatdan legioner mavjud boʻlmagan taqdirda klub ariza varaqasiga 4 nafardan ortiq chet ellik futbolchini kirita olmaydi (farm klub safida roʻyxatdan oʻtgan futbolchi ham shunga qoʻshib hisoblanadi).

Superliga futbolchilarining rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Superligasida mahalliy va xorijlik bir qator mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan. Xususan, braziliyalik Rivaldo 2008—2010-yillar mobaynida „Bunyodkor“ sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 20 ta gol bilan Rivaldo Oʻzbekiston chempionati toʻpurariga aylangan. Superligada toʻpurarlik boʻyicha rekordchi — Anvar Berdiyev sanaladi. „Neftchi“ jamoasi safida uzoq vaqt barqaror oʻynagan futbolchi Oʻzbekiston chempionatlari tarixida 225 ta gol kiritishga erishgan. Oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha rekordchi esa — Asror Aliqulov hisoblanadi. Yaqin oʻtmishning taniqli himoyachisi umumiy hisobda 520 ta oʻyinda maydonga tushgan.[2][3]

Mavsumlardagi sovrindorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har mavsum yakunida Superliganing uchta sovrindor jamoasi va quyi oʻrinni egallab Pro ligaga tushib ketadigan jamoalari nomi aniqlanadi[4].

Sovrindor klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Paxtakor“dan keyingi eng koʻp sovringa ega chiqqan jamoalar — „Neftchi“ hamda „Bunyodkor“ sanaladi. Har ikkala jamoa ham oʻz tarixida 5 martadan Oʻzbekiston chempionati oltin medallarini qoʻlga kiritgan.[5]

Liganing barcha vaqt jadvali,1992—2023-yilgi mavsum[6]

1-dekabr 2023 boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra
Pos Jamoa Mavsum Ochko Oʻyin Gʻal Dur Magʻ U.G. Oʻ.G. 1 2 3 Eng yaxshi
1 Paxtakor 32 2020 942 640 154 148 2086 783 16 6 2 1
2 Neftchi Fargʻona 29 1629 864 493 150 221 1635 918 5 9 1 1
3 Navbahor Namangan 32 1463 942 439 199 304 1514 1083 1 1 10 1
4 Nasaf Qarshi 27 1442 790 428 168 194 1363 829 0 4 11 2
5 Buxoro 29 1121 864 325 146 393 1128 1314 0 1 0 2
6 Soʻgʻdiyona Jizzax 28 1004 830 281 161 388 1033 1312 0 1 1 2
7 Bunyodkor 17 974 482 292 102 90 843 397 5 3 1 1
8 Andijon 27 915 792 250 165 377 1030 1283 0 0 0 5
9 Metallurg-Bekobod 26 907 756 250 157 349 903 1139 0 0 0 5
10 Qizilqum-Zarafshon 24 890 696 246 152 298 836 988 0 0 1 3
11 Dinamo Samarqand 24 863 732 244 131 357 877 1081 0 0 0 4
12 Lokomotiv-Toshkent 16 856 460 249 109 154 808 589 3 4 1 1
13 Mashal-Muborak 19 744 538 214 102 223 673 725 0 1 1 2
14 Qoʻqon 1912 17 634 516 180 94 252 670 872 0 0 0 5
15 Olmaliq 16 622 452 175 97 176 638 621 0 0 2 3
16 Traktor-Tashkent 16 621 490 178 87 225 684 814 0 0 0 4
17 Doʻstlik 11 559 346 169 52 125 669 532 2 0 0 1
18 Surxon-Termiz 17 536 504 148 92 253 574 914 0 0 0 6
19 Shoʻrtan-Gʻuzor 12 381 340 109 54 177 393 566 0 0 0 4
20 MHSK 7 362 216 106 44 66 420 335 1 1 1 1
21 Xorazm 8 230 248 62 44 142 281 518 0 0 0 7
22 Zarafshon Navoiy 6 217 196 60 37 99 236 355 0 0 0 9
23 Yangiyer Sirdaryo 7 205 216 56 37 123 266 385 0 0 0 10
24 Orol Nukus 5 155 164 44 23 97 171 329 0 0 0 11
25 Kosonsoy Namangan 5 145 156 40 25 91 171 305 0 0 0 8
26 Guliston Sirdaryo 5 119 154 34 17 103 142 340 0 0 0 14
27 Atlaschi Margʻilon 4 118 124 34 16 74 149 280 0 0 0 7
28 Chirchiq 4 103 122 26 25 71 130 240 0 0 0 14
29 Toʻpalang-Sariosiyo 3 96 86 28 12 46 103 146 0 0 0 9
30 Kimyogar-Chirchiq 3 96 104 25 21 58 113 193 0 0 0 14
31 Olimpik Toshkent 2 66 52 15 21 16 57 60 0 0 0 6
32 Akademiya Toshkent 1 59 34 16 11 7 72 45 0 0 0 5
33 Semurgʻ Angren 2 57 72 15 12 45 99 200 0 0 0 12
34 Turon Yaypan 2 33 52 6 15 31 32 88 0 0 0 13
35 Sementchi-Quvasoy 1 31 30 8 7 15 39 64 0 0 0 15
36 Chilonzor-Toshkent 1 30 34 8 6 20 51 70 0 0 0 16
37 Shahrixon 1 28 32 7 7 18 25 67 0 0 0 15
38 Obod Toshkent 1 24 30 6 6 18 25 51 0 0 0 14
39 Vobkent Buxoro 1 15 30 3 6 21 23 70 0 0 0 16
40 Uz-Dong-Ju Andijon 1 13 30 2 7 21 17 65 0 0 0 16
Oʻzbekiston Superligasi 2023 ning jamoalari
Joriy yildagi Oʻzbekiston Pro ligasi 2023 ligasida oʻynagan jamoalar
Klub faoliyati tugatilgan

Superliga futbolchilarining rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsumlardagi sovrindorlar oʻrni va toʻpurarlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida Valeriy Kechinov 24 ta gol bilan toʻpurar nomiga ega chiqqan. 2000-yilgi mavsumda „Doʻstlik“ jamoasi safida Jaʼfar Irismetov 45 ta gol kiritib mavsum toʻpurariga aylangan va ushbu natija hozirga qadar bir mavsum uchun rekord sanaladi.[9]

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin
1992 1 Paxtakor
Neftchi Fargʻona
Soʻgʻdiyona
1993 Neftchi Fargʻona Paxtakor Navbahor Namangan
1994 Neftchi Fargʻona Nurafshon Buxoro Navbahor Namangan
1995 Neftchi-Fargʻona MHSK Navbahor-Namangan
1996 Navbahor Namangan Neftchi Fargʻona MHSK
1997 MHSK Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1998 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
1999 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2000 Doʻstlik Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2001 Neftchi Fargʻona Paxtakor Nasaf Qarshi
2002 Paxtakor Neftchi Fargʻona Qizilqum Zarafshon
2003 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2004 Paxtakor Neftchi Fargʻona Navbahor Namangan
2005 Paxtakor Mash’al Mubarak Nasaf Qarshi
2006 Paxtakor Neftchi Fargʻona Nasaf Qarshi
2007 Paxtakor Kuruvchi Mash’al Mubarak
2008 2 Bunyodkor Paxtakor Neftchi Fargʻona
2009 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2010 Bunyodkor Paxtakor Nasaf Qarshi
2011 Bunyodkor Nasaf Qarshi Paxtakor
2012 Paxtakor Bunyodkor Lokomotiv Tashkent
2013 Bunyodkor Lokomotiv Toshkent Nasaf Qarshi
2014 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2015[10] Paxtakor Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi
2016[11] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Bunyodkor
2017[12] Lokomotiv Tashkent Nasaf Qarshi Paxtakor
2018 Lokomotiv Tashkent Paxtakor Navbahor Namangan
2019 Paxtakor Lokomotiv Tashkent Bunyodkor
2020 Paxtakor Nasaf Qarshi AGMK
2021 Paxtakor Soʻgʻdiyona AGMK
2022 Paxtakor[13] Navbahor Namangan Nasaf Qarshi
2023 Paxtakor Nasaf Qarshi Navbahor Namangan
1Oliy Liga turniri

2Oʻzbekiston Professional futbol ligasi turniri

3Superliga turniri

Sovrindor klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublar Gʻolib Kumush Bronza
Soni Yil Soni Yil Soni Yil
Paxtakor (Toshkent) 16 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019,

2020, 2021, 2022[13],

2023

6 1993, 2001, 2008, 2009, 2010, 2018 2 2011, 2017
Neftchi (Fargʻona) 5 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 9 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004, 2006 1 2008
Bunyodkor 5 2008, 2009, 2010, 2011, 2013 2 2007, 2012, 2016 2 2016, 2019
Lokomotiv (Toshkent) 3 2016, 2017, 2018 4 2013, 2014, 2015,

2019

1 2012
Doʻstlik (Toshkent viloyati) 2 1999, 2000
MHSK 1 1997 1 1995 1 1996
Navbahor (Namangan) 1 1996 1 2022 10 1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2003, 2004, 2018,

2023

Nasaf (Qarshi) 4 2011, 2017, 2020, 2023 11 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022
Mashʼal (Muborak) 1 2005 1 2007
Nurafshon (Buxoro) 1 1994
Soʻgʻdiyona (Jizzax) 1 2021 1 1992
AGMK (Olmaliq) 2 2020, 2021
Qizilqum (Zarafshon) 1 2002

Toʻpurarlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil boʻyicha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Oʻyinchi Klub Gollar
1992 Valeriy Kechinov Paxtakor (Toshkent) 24
1993 Rustam Doʻrmonov Neftchi (Fargʻona) 24
1994 Ravshan Bozorov Neftchi (Fargʻona) 26
1995 Oleg Shatskix Navbahor (Namangan) 26
1996 Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati) 23
1997 Oleg Shatskix Navbahor (Namangan) 34
Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati)
1998 Igor Shkvirin Paxtakor (Toshkent) 22
Mirjalol Qosimov
1999 Umid Isoqov Neftchi (Fargʻona) 24
Baxtiyor Hamidullayev Andijon
2000 Jaʼfar Irismetov Doʻstlik (Toshkent viloyati) 45
2001 Umid Isoqov Neftchi (Fargʻona) 28
2002 Baxtiyor Hamidullayev Andijon 22
2003 Marsel Idiatulin Qizilqum 26
Shuhrat Mirxoldorshoyev Navbahor (Namangan)
2004 Shuhrat Mirxoldorshoyev Navbahor (Namangan) 31
2005 Anvar Soliyev Paxtakor (Toshkent) 29
2006 Pavel Solomin Traktor (Toshkent) 21
2007 Ilhom Moʻminjonov Bunyodkor 21
2008 Server Jeparov Bunyodkor PFK 19
2009 Rivaldo Bunyodkor (Toshkent) 20
2010 Alisher Xoliqov Neftchi (Fargʻona) 13
Nosir Otaqoʻziyev AGMK
2011 Miloš Trifunović Bunyodkor 17
2012 Anvar Berdiyev Neftchi (Fargʻona) 19
2013 Oleksandr Pishchur Bunyodkor 19
2014 Artur Gevorkyan Nasaf (Qarshi) 18
2015 Igor Sergeyev Paxtakor (Toshkent) 24
2016 Temirxoʻja Abduxoliqov Lokomotiv (Toshkent) 22
2017 Marat Bikmayev Lokomotiv (Toshkent) 27
2018 Tiago Bezerra Paxtakor (Toshkent) 17
2019 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 23
2020 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 21
2021 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 16
2022 Dragan Ceran[14] Paxtakor (Toshkent) 20
2023 Dragan Ceran Paxtakor (Toshkent) 13

Homiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillarda Oʻzbekiston chempionatining titul homiysi boʻlmagan. OʻzPFL 2017-yildan boshlab bu borada jiddiy ish olib bora boshladi va 2018-yilgi mavsumda Pepsi Oʻzbekiston Superligasiga titul homiy boʻldi. OʻzPFL 2019-yildan boshlab asosiy homiy sifatida Coca Cola bilan ishlab kelmoqda. Oʻzbekiston chempionati yuqori divizioni shu sababli Coca Cola Superliga deb yuritiladi.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kubok[tahrir | manbasini tahrirlash]

Superligada ikkita kubok mavjud - haqiqiy kubok (amaldagi chempionlar qo'lida) va zaxira nusxasi. Mavsumning so'nggi kunida ikkita klub haligacha Ligada g'alaba qozonish imkoniyatiga ega bo'lgan taqdirda, sovrinni qo'lga kiritgandan keyin bir necha daqiqa ichida topshirish uchun ikkita kubok o'tkaziladi. Mavsumning so'nggi kunida ikkitadan ortiq klub chempionlik uchun kurashayotgan kamdan-kam hollarda, avvalgi klub yutgan nusxadan foydalaniladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Breaking: Oliy Liga tugatildi!“ (20 noyabr 2017). 2022-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  2. ПФЛ / Лига хақида, 13–iyun 2011–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 1–iyun 2011–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. „Олий лига РЕТРО: Чемпион бўла олмаган юлдузларнинг рамзий терма жамоаси“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
  4. „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
  5. „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
  6. 25 ta Oʻzbekiston chempionatining umumiy jadvali, 30 November 2016 (oʻzbekcha)
  7. „Uzbekistan Super League all time topscoreres (as of 10 December 2018)“. Championat.asia (10-dekabr 2018-yil).
  8. „Uzbekistan Super League most appearances (9 December 2018)“ (oʻzbekcha). Championat.asia (9-dekabr 2018-yil).
  9. „Суперлига по футболу представила своего первого титульного спонсора“. Nuz.uz (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 5-aprel 2018-yil.
  10. „CHempionatlarimizning 24 yillik jadvali haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  11. „CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida“. 2023-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  12. „CHempionatlarimizning 26 yillik umumiy jadvali haqida“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  13. 13,0 13,1 „Coca Cola Суперлигаси. "Пахтакор" чемпион, "Қўқон-1912" қуйи лигага тушиб кетди!“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.
  14. „Суперлига-2022. Драган Черан кетма-кет тўртинчи марта тўпурар бўлди ва тарихга кирди“. 2022-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.