O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Asosiy kutubxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Asosiy kutubxonaning tarixi Oʻzbekistonda fanlarning rivoji bilan chambarchas bogʻliq. Kutubxona 1933 -yili tashkil etilgan boʻlib, umumiy kitoblar soni 39 ming 422 nusxadan iborat, kutubxona xodimlari esa 6 kishidan iborat boʻlgan. Hozirgi kunda kelib, bu kutubxona respublikadagi eng katta kutubxonalardan biri xisoblanadi. Kutubxona oʻz faoliyatini nafaqat Oʻzbekiston olimlarini ilmiy ishlari boʻyicha toʻplangan adabiyotlar bilan, balki dunyo olimlarini ilmiy ishlari aks etgan adabiyotlar bilan ham toʻldirib kelmoqda [1].

Kutubxona faoliyati[tahrir]

Asosiy kutubxona Rossiyadagi yangi texnologiyalarni kutubxona jarayonlariga tadbiq etuvchi AYSIS-NIT jamiyatiga, MAAN qoshidagi Hamdoʻstlik va Boltiqboʻyi davlarlari fanlar akademiyalari kutubxona raxbarlari kengashiga azodir.Asosiy kutubxona Fanlar akademiyasi tizimidagi 27 ta kutubxona uchun ilmiy-amaliy va uslubiy markaz sifatida xizmat koʻrsatadi.Uning tizimiga kirgan kutubxonalarning umumiy fondi 5 milliondan ortiq nashrlarni tashkil etadi, shundan 612 ming nusxasi chet el adabiyotlaridir.130 dan ortiq kutubxona xizmatchilari 20 mingdan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatadi.Kutubxona fondida saqlanayotgan ilmiy nashrlardan nafaqat Fanlar akademiyasi tizimidagi hodimlar balki oliy oʻquv yurti oʻqituvchilari va talabalari, tibbiy xodimlar, sanat namoyondalari va xalq xoʻjaligining turli sohasida ishlayotgan mutaxasislar ham foydalanish imkoniga egadirlar.Kutubxonaning zaxiralari xalqaro kitob ayirboshlash yoʻli bilan, adabiyotlarning majburiy nusxasini olish, davriy nashlarga obuna boʻlish, elchixona, turli hayriya fondlari va jamiyat tashkilotlaridan olinayotgan beminnat hayriya tariqasida olinayotgan kitoblar bilan toʻldirilib borilmoqda. Asosiy kutubxona deyarli 45 yildan beri chet el davlatlari bilan kitob ayirboshlash borasida hamkorlik qilib kelmoqda.Asosiy kutubxonaning 28 chet el davlatlarida 147 ta hamkorlari bor."Oʻzbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasining maruzalari ", „Oʻzbekiston fizika jurnali“, "Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar ", „ Geliotexnika“ singari bir qator jurnallarga talab katta.Hozirgi kunga kelib kutubxona oʻz fondlarini jamlash, saqlash ishlarini takomollashtirmoqda, har bir kitobxonning kitoblarga boʻlgan talabini tezkor va malakali tarzda qondirishga harakat qilmoqda.Kitobxonlarga yangi texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatish maqsadida 1994- yilda Asosiy kutubxona davlat kutubxonalari ichda birinchi boʻlib kutubxona ishlash jarayonini avtomatlashtirish va kitoblarni elektron kataloglarini yaratishni boshladilar[2]. Kutubxonada mahalliy komputer tarmogʻi oʻrnatilgan, yangi olingan kitoblarni elektron kataloglari shakillanib bormoqda.Kutubxona oʻz komputer oʻquv markaziga ega.Birinchi marta 1998- yili kutubxonaning komputer tarmogʻiga avtomatlashtirilgan kutubxona dasturi oʻrnatildi .Internat va E-mail aloqasidan foydalanish imkoniyati yaratildi. 2001 — yili Asosiy kutubxonada Markaziy osiyo davlatlari ichida birinchi boʻlib oʻz oʻquv bazasiga ega boʻlgan „Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli“ loyixasi amalga oshirildi. 2002 -yili „Akademik kutubxonalar konsorsiumi“ loyixasi tadbiq etildi. Natijada Fanlar akademiyasining 5 ta ilmiy tadqiqot instituti olimlari Asosiy kutubxonaning axborot jamgʻarmalaridan oʻzlarining komputer tarmoqlari orqali foydalanish imkoniyatiga ega boʻldilar. Kutubxona fondlarida targʻib etish maqsadida axborot va bibliografik xizmat koʻrsatish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda. Yangi olingan adabiyotlar, shuningdek, mavzular boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etilib turibdi „Mustaqil Oʻzbekiston“, "Oʻzbekiston Respublikasining qonun va qarorlari ", "Oʻzbekiston Prezidenti I.A.Karimov asarlari " kabi anʼanaviy kartotekalar kitobxonlar xizmatida. Kutubxonachlarning malakasini va yangi texnologiyalarda ishlash qobilyatini oshirish maqsadida akademiya kutubxonalarining xodimlari va Respublika kutubxonachilari Asosiy kutubxonaning oʻquv markazida muntazam ravishda oʻqitilib boriladi. Fanlar akademiyasinig Asosiy kutubxonasi respublikamiz ilm-fanining rivojiga munosib xissa qoʻshib kelmoqda . Bu ulkan ziyo maskani Fanlar akademiyasi olimlarining ilmiy faoliyatida beqiyos ahamyatga ega boʻlishi bilan ham benihoya qimmatlidir.[3]

Manbalar[tahrir]

  1. academy.uz/uz/publications/libraries.php
  2. Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi
  3. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (2003) Asosiy kutubxona