Oʻrik filchasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'rik filchasidan yoʻnaltirildi)

Oʻrik filchasi — oʻrik daraxti zararkunandasi. Olcha, gilos va bodomni ham zararlaydi. Oʻzbekiston va Tojikistonda tarqalgan. Asosan, kattp yoshdagi daraxtlarning mevasini, poʻstlogʻi, kurtaklarini zararlaydi. Qoʻngʻizi toʻq yashil, xartumsiz, 9,5— 11,4 mm, xartumi 2,05—2,8 mm. Oldingi oyogʻi oʻrta va keyingi oyoqlaridan uzun. Tuxumi oq, dumaloqchoʻzinchoq. Gʻumbagi oq, malla tusda, 7—7,5 mm. Lichinkalari tuproqda 4—12 sm chuqurlikda qishlaydi. Mart—mayda tuproqsan chiqadi. Urgʻochisi 84—112 tagacha tuxum qoʻyadi. 8—12 kunda tuxumdan lichinka chiqadi, rivojlanish davri 23—30 kun. Daraxtning zararlangan joyidan yelim ajrala boshlaydi. Oʻrik pishish davrida lichinkalar mevadan chiqib yerga tushadi va tuproq ostida gʻumbakka aylanadi. Yiliga bir marta avlod beradi.

Kurash choralari: daraxtlar osti avgust va sentabr boshlarida chopib yumshatiladi, qishda sugʻoriladi, daraxtlarga gullashdan oldin va gullashdan keyin insektitsidlar bilan ishlov beriladi.