Oʻlikxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'likxonadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Oʻlikxona, morg (frans.) — murda saqlanadigan, yorib tekshiriladigan va koʻmish uchun beriladigan maxsus bino. Oʻ., asosan, sud tibbiyoti ekspertizasi qoshida boʻladi, kasalxonalar, ilmiy tadqiqot intlari va boshqalarda murda patologik anatomiya boʻlimlarida saqlanadi. Oʻ.ga baxtsiz hodisa tufayli oʻlgan, qasddan oʻldirilgan yoki shunga gumon qilingan murdalar; davo muassasalarida diagnoz qoʻyilmay oʻlganlar; toʻsatdan oʻlib, oʻlim sababi aniqlanmaganlar, shuningdek, nomaʼlum kishilarning murdasi keltiriladi.