Oʻgʻuznoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O'g'uznomadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbek adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

"OʻGʻUZNOMA" — turkoʻgʻuz shajarasi va ularning afsonaviy hukmdori Oʻgʻuz xoqon haqidagi epik yodgorlik; kitobiy epos. Uygʻur yozuvida bitilgan. Asarning asl nusxasi taxminan 15-asrda koʻchirilgan, Parij kutubxonasida saqlanadi. "Oʻ."ning turli variantdagi versiyalari bor. Uning eng koʻp tarqalgan varianti Abulgʻozi Bahodirxonning "Shajarayi turk" (1669) asarida saqlangan. "Oʻ." koʻp tillarga, jumladan, nemis (Doyets, 1815), rus (V.V.Radlov, 19-asrning oxiri; A.M.Shcherbak, 1959) va boshqalar tillarga tarjima qilingan. "Kitobi dadam Qoʻrqut"ning ham bir bobi "Oʻ." nomi bilan ataladi.

«Oʻgʻuznoma» dostoni turkiy xalqlarning kitobiy eposlaridan biridir. Turkiy xalqlar tarixida ikkita kitobiy doston boʻlib, «Dada qoʻrqut kitobi» va «Oʻgʻuznoma»dir.

Doston eski uygʻur-turk yozuvida bitilgan, asl matni Parij milliy kutubxonasida saqlanadi.

Dostonga urugʻchilik jamiyatidagi mif va afsonalar asos boʻlgan. Tuzilish jihatidan «Oʻgʻuznoma» Kul tigin yodgorligiga oʻxshash. Dostondagi mifologik qatlam, oʻgʻuzning aniq bir geografik muhitdagi faoliyati shundan dalolat beradi. «Oʻgʻuznoma»ning boshlanmasida ham shunday xususiyat mavjud boʻlib, urugʻlarning paydo boʻlishiga oid afsonalar bilan turkiy urugʻlardan Ashin urugʻining paydo boʻlishiga oid afsona oʻrtasidagi uygʻunlik, qadimgi turk davridagi kultlar — daraxt, boʻri, osmon kultlarining qadimgi turkiy yodnomalarda va «Oʻgʻuznoma»da umumiyligi ham mazkur dostonning taraqqiyot yoʻlini belgilaydi.

«Oʻgʻuznoma» ikki qismdan iborat. Birinchi qism mifologik qatlam boʻlib, bunga Oʻgʻuzning gʻayritabiiy tugʻilishi va gʻayritabiiy ulgʻayishi, yovuz shunqorga qarshi kurashishi va uni oʻldirishi lavhalari kiradi. Ikkinchi qismi esa tarixiy dostonlarga xos voqealardan iborat. Bu qismga Oʻgʻuzning uylanishi, farzandlarining tugʻulishi, jang lavhalari va turli mamlakatlarni bosib olishi, oʻgʻillariga oʻz qoʻl ostidagi yurtlarni boʻlib berishi lavhalari kiradi.

Ilmiy adabiyot[tahrir]

A.M. Sherbak. Oguz-name. Muxabbat-name. L.: 1959.
N. Rahmonov. «Oʻgʻuznoma» (yoki xoqon haqida doston). «Sharq Yulduzi» jurn. 1987, # 4.