Butun olam tortishish qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nyutonning Tortishish Qonunidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Butun olam tortishish qonuni, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning o‘zaro tortishishi to‘g‘risidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari t1 va t2 bo‘lgan va bir-biridan g masofada turgan moddiy zarralarning o‘zaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: G‘= Gmlm2/r2; bunda: G — gravitatsion doimiy. Moddiy zarralar deganda o‘lchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning o‘zaro tortishish kuchini aniqlash (o‘lchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlarining geometrik yig‘indisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi o‘zaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil