Nyukasl xalqaro sportlar markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Nyukasl xalqaro sportlar markazi Hunter stadioni
NISC
Newcastle International Sports Centre
(Nyukasl xalqaro sportlar markazi)
Ausgrid Stadium.jpg
Asosiy (gʻarbiy) sektor
Toʻliq nomi Hunter xalqaro sportlar markazi
Sobiq nom(lar)i Xalqaro sportlar markazi (1970–91)
Marathon stadioni (1992–2001)
EnergyAustralia stadioni (2001–10)
Ausgrid stadioni (2011)
Joyi Nyukasl, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Koordinatalari 32°55′8″S 151°43′36″E / 32.91889°S 151.72667°E / -32.91889; 151.72667Koordinatalari: 32°55′8″S 151°43′36″E / 32.91889°S 151.72667°E / -32.91889; 151.72667
Asos solingan 1967
Qachon ochilgan 10-aprel, 1970-yil(1970-04-10)
Qachon taʼmirlangan 2003–05, 2008–11
Egasi Yangi Janubiy Uels hukumati
Operator Venues NSW (Hunter Venues)
Yuzasi chim
Hajmi 33,000
Maydon egalari
Newcastle Knights (regbi) (1988–hozir)
Hunter Eagles (beyzbol) (1994–1998)
Newcastle Jets FC (futbol) (2000–hozir)
Vebsayt
hunterstadium.com.au

Hunter stadioni Avstraliyaning Nyukasl shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadiondir. Stadion Newcastle Knights regbi klubi va Newcastle Jets FC futbol klublarining uy stadioni hisoblanadi. Stadionga Yangi Janubiy Uels (New South Wales) hukumati egalik qiladi, hamda, Hunter viloyati sport markazlari organi (Hunter Region Sporting Venues Authority) tomonidan boshqariladi. Homiylik maqsadlari tufayli stadion ilgari Marathon stadioni, EnergyAustralia stadioni va Ausgrid stadioni deb nomlangan. AFC musobaqalarini oʻtkazib boshlagandan keyin, sponsorlik maqsadlar tufayli, Nyukasl xalqaro sportlar markazi, shuningdek, Nyukasl stadioni (Newcastle Stadium) deb ham nomlana boshlandi.

Tarixi[tahrir]

Stadion qurilishi 1967-yilning 1-dekabrida boshlangan va 1970-yilning 10-aprelida qirolicha Elizaveta II tomonidan ochilgan. Stadion aslida Xalqaro sportlar markazi deb nomlangan va hozir ham Xalqaro sportlar markazi kompleksining bir qismidir. Stadion chim yuzasi oval shaklda boʻlgan edi, futbol, regbi va kriket sport turlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan.

The Knights regbi klubi stadionni 1986-yili ijaraga oladi va stadion yuzini oval shakldan toʻrtburchak shaklga oʻzgartiradi. 1988-yildagi Great Britain Lions regbi turniri davomida klub oʻsha mavsumda ilk bora maydondan uy stadioni vazifasida foydalanadi.

1992-yili mahalliy shina magazini Marathon Tyres homiy boʻlganligi sababli, stadionning nomini oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi va stadion Marathon stadioni deb qayta nomlanadi. 2001-yilning oxirlariga kelib, energiya yetkazib beruvchi EnergyAustralia kompaniyasi homiy boʻlganligi sababli stadionga EnergyAustralia stadioni deb nom beriladi. EnergyAustralia kompaniyasining nomi Ausgridga oʻzgargandan keyin 2011-yili stadion nomi Ausgrid stadioniga oʻzgartiriladi.[1]

Stadion qayta qurilishidan oldin uning hajmi 28,000 shuningdek asosiy sektorda 5000ta oʻrin boʻlgan. 1995-yili iyul oyida boʻlib oʻtgan The Knights regbi klubi va Manly-Warringah Sea Eagles regbi klublari oʻrtasidagi uchrashuvida, staion tarixida rekord darajada eng koʻp 32,642 tomoshabin kirishgan. Keyinchalik, stadionda tomoshabinlarning havfsizligi uchun, uning hajmi qisqartirilgan.

Australian Broadcasting Corporation kompaniyasi, FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi stadionning avvalgi nomi (Nyukasl xalqaro sportlar markazi Newcastle International Sports Centre) berilishini soʻragan va homiy kompaniyalar stadion nomini oʻzgartirib reklama qilmasliklarini taʼkidlab oʻtishgan.

Stadionda regbi uchrashuvi oʻtkazilmoqda.


AFC Osiyo kubogi 2015[tahrir]

Sana Vaqt (UTC+11) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
12-yanvar 2015 18:00  Yaponiya 4-0  Falastin D guruhi 17,147
17-yanvar 2015 19:00  Ummon 1-0  Quvayt A guruhi 7,499
27-yanvar 2015 20:00  Avstraliya 2-0  BAA Pley-off bosqichi 21,079
30-yanvar 2015 20:00  Iroq 2-3  BAA Pley-off bosqichi 12,829

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]