Nyanxao

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nyanxao (xitoycha) — Xitoyda yil hisobi shakllaridan biri, imperator xukmronligi "shiori". Miloddan avvalgi 141 yil oxiri —140 yil boshidajoriy qilingan. Milodiy 536 yil yil hisobining bu shakli Koreyada (koreyscha — nyonko), 644 yil — Vyetnamda (vyetnamcha — namxao), 645 yil — Yaponiyada (yaponcha — nengo) pay-do boʻlgan. N. baʼzan bir imperator xukmronligi davrida bir necha bor oʻzgargan, zero shiorning almashtirilishi saltanatni yanada baxtliroq qiladi deb hisoblangan. Xitoyda N.ning botbot oʻzgarib turishi qad. zamonlardan to 17-asrgacha davom etgan. Yaponiyada bir imperator davrida shiorlarning tez-tez oʻzga-rib turgani 13—15 va 19-asrlarda sodir boʻlgan. Xitoydagi Sin sulolasi davrida x.ar bir imperatorning bittadan shiori boʻlgan. N., odatda, ramziy maʼno kasb etgan, Mas, Min sulolasi imperatori Chjudi (Tay Szun) [1402/3— 24]ning N.si Yunle, yaʼni Abadiy quvonch deb atalgan, Yaponiyada Medzi (1868—1912) nengosi Maʼrifatli boshkaruvni anglatgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil