Nurobod (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nurobod — Toshkent viloyati Angren shahar kengashiga qarashli shaharcha (1984-yildan). Chatqol togʻining etagida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (12 km). Maydoni 164,3 ga. Aholisi 6,5 ming kishi (2003). N.da umumiy taʼlim maktabi, aloqa boʻlimi, kutubxona, madaniyat uyi, dorixona, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, savdo tarmoklari bor. N. yaqinidan Toshkent—Angren— Qoʻqon—Namangan—Andijon—Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil