Badal Nurmuhamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nurmuhamedov Badaldan yoʻnaltirildi)

Badal Nurmuhamedov (1913.13.2 -Toshkent — 1991.21.6) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkentdagi ishchiyoshlar teatr texnikumini (1935), "Oʻzbekfilm" qoshidagi kinoaktyor, kinorej., kinooperator tayyorlov studiyasini (1938) tugatgan. 1938—41 yillar Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rejissyor, aktyor, 1941—48 yillar Muqimiy teatrida, 1948—91 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. Karl bobo ("Buratino"), Davron ("Oʻqituvchi"), Moʻmin ota ("Oq kema"), Oxun-boboyev ("Ota yurtim oqsoqoli"), Qovoqvoy ("Chippolino"), Mahkam ota ("Oʻz uyingdasan"), Mahalla oqsoqrli ("Farzandim jigʻarbandim") kabi rang-barang harakterdagi kishilar ob-razini yaratib, milliy teatr sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Sahnada koʻp gapirmasada, butun xattiharakat, koʻz qarashlari, yuz ifodasi bilan qahramonning ichki dunyosini ochib bera olish, ishonarli talqin, samimiylik N. ijodiga xos. Bir qancha filmlar (Nozim, "Tohir va Zuhra"; domla, "Alisher Navoiy" va boshqalar)da ham suratga tushgan. Televideniyeda "Otalar soʻzi — aklning koʻzi" koʻrsatuvining doimiy (1978—91) boshlovchisi boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil