Nurmon abduvoy oʻgʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nurmon abduvoy oʻgʻli (1862 -Payariq tumani Enamyaxshi qishlogʻi — 1940) — oʻzbek xalq dostonchisi. Deh-qon oilasida tugʻilgan. Qirqyoshida Abduxoliq baxshidan fotiha olib, mustaqil dostonchi sifatida el orasida taniladi. U hozirjavob baxshi boʻlgan. 20-asr boshlarida Samarqand atroflarida chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan ommaviy harakat boshligʻi Namoz Pirimqul oʻgʻli haqida doston yaratib, xalq orasida kuylab yurganligi uchun Kattaqoʻrgʻon hokimi tomonidan qamoqqa olingan (1914). Jismonan mayib (shol) boʻlib, qamoqdan chiqqan N.A.oʻ. doston kuylashni kanda qilmagan. Uni muxlislari yelkalarida koʻtarib, dostonchilik dav-ralariga olib borganlar. U 20 dan or-tiq anʼanaviy dostonlarni kuylab kelgan. Shoirdan "Kuntugʻmish", "Or-zigul" ("Abdulla kofir"), "Namoz" (parchalar) dostonlari, "Chigirtka", "Doʻmbiram", "Ot" singari termalar yozib olingan. Uning termalari "Oʻzbek folkloridan namunalar" (1935), "Oʻzbek folklori" (1939) toʻplamlarida nashr etilgan.

Toʻra Mirzayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil