Nurli issiqlik almashinuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nurli Issiqlik Almashinuvidan yoʻnaltirildi)

Nurli issiqlik almashinuvi — jism ichki energiyasining nurlanish energiyasiga (fotonlar yoki elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga) aylanishi, nurlanish yoʻli bilan energiyaning fazoga uzatilishi yoki jismlarga yutilishi. Boshqa turdagi issiqlik almashinuvlaridan farqi shuki, bu hodisa issiqlik almashinadigan sirtlarni ajratib turuvchi moddiy muhitsiz ham sodir boʻlishi mumkin, chunki nur elektromagnit nurlanish natijasida tarqaladi. Shaffofmas jism sirtiga tushadigan nur energiyasining bir qismi jismga yutiladi, bir qismi esa undan kaytadi. temperaturasi mutlaq nolga teng boʻlmagan har qanday jism qizdirilsa, oʻzidan energiya (nur) chiqaradi. Bir xil temperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyatining mutlaq qora jism nur chiqarish qobiliyatiga nisbati jismning mutlaq qoralik darajasi deyiladi. Barcha jismlar uchun mutlaq qoralik darajasi 1 dan kichik. Nurli issiqlik almashinuvi a. tizimidagi har qanday jism nurlar oqimini qayta-radi va xususiy nurlar oqimini chiqaradi. Jism sirtidan ketadigan energiyaning umumiy miqdoriga effektiv nurlanish oqimi deyiladi. Jism yutgan energiyaning bir qismi tizimga xususiy nurlanish sifatida qaytadi. Shuning uchun Nurli issiqlik almashinuvi a.ni yutilgan va xususiy nurlar oqimi ayirmasi deb qarash mumkin. Nurli issiqlik almashinuvi a. metallurgiya, yadro energetikasi, raketa texni-kasi, kimyo texnologiyasi, quritish texnikasi, geliotexnika va boshqa sohalarda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil