Nurash poʻsti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Nurash Po`stidan yoʻnaltirildi)

Nurash poʻsti — togʻ jinslarining nurashi natijasida yer yuzasida hosil boʻladigan kontinental geologik formatsiya. Oʻzgargan nuragan jinslar oʻz joyida qolsa, qoldiq Nurash poʻsti, tub jins bilan aloqasi uzilmay qandaydir masofagasiljisa koʻchirilgan Nurash poʻsti deb ataladi. Baʼzi bir geologlar ak-ku mul yati v Nurash poʻsti (yuvilib keltirilgan gil-tuproq va qoldiq Nurash poʻsti oʻzgargan nuragan jinslari)ni alohida ajrata-dilar. Yotish shakliga koʻra, Nurash poʻsti maydonli (katta hududlarda hosil boʻla-di, qalinligi 10 m gacha va undan or-tiq) va chiziqli boʻladi (bir yoʻnalishda choʻzilib, togʻ jinslari yoriklari boʻylab 100–150 m ichkariga kirib boradi).

"Nurash poʻsti" terminini fanga shveysariyalik geolog A. Geym kiritgan (1879). Nurash poʻstining hosil boʻlishi joyning iklimi, togʻ jinslarining tarkibi, gidrogeologik sharoiti, relyefi, tektonik tuzilishi, hosil boʻlish vaqti va boshqa omillar bilan bogʻliq. Bunda asosiy omil iklim hisoblanadi. Yerning geologik tarixida bir necha marta (tokembriy, yuqori paleozoy, trias-yura, boʻr-paleogen, paleogen-toʻrtlamchi davr) katta qalinlikda Nurash poʻstining shakllanish davri boʻlgan. Nurash poʻstining hosil boʻlishida dastlab ishuriy, keyin nordon muhit yuzaga keladi. Har muhitda oʻziga xos minerallar hosil boʻladi. Natijada Nurash poʻstida pastdan yuqoriga qarab ayrim zonalar (dezintefatsiya, dresva, gidroslyudamontmorillonit va kaolinit minerallari zonasi) paydo boʻladi. Nurash poʻsti zonalarining hosil boʻlishida jinslarning tarkibi katta rol oʻynaydi. Masalan, yogʻin-sochin koʻp sharoitda nordon jinslar nurash natijasida kaolinit, gidroslyuda, dezintegratsiya zonalari, asosli va oʻta asosli jinslardan esa temir, marganets, baʼzan alyuminiyning suvli, yarim oksidli zonasi hosil boʻladi. Nurash poʻsti bilan alyuminiy, temir, titan, marganets, stronsiy, nikel, galluazit, olovga chidamli gil, sochma olmos, oltin, platina, qimmat-baho toshlarning konlari bogʻliq. Oʻzbe-kistonda Ohangaron vodiysi, Zirabuloq-Ziyovuddin togʻlari yon bagʻirlari va Markaziy Qizilqumda 2 m dan 150 m gacha kaolin qatlamlari hosil boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil