Nuno Mendes (futbolchi 2002)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nuno Mendes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nuno Alexandre Tavares Mendes
Tavallud sanasi 19-iyun, 2002-yil
Tavallud joyi Sintra, Portugaliya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Pari Sen-Jermen
Raqami 25

Nuno Alexandre Tavares Mendes 2002-yilning 19-iyunnida tug'ilgan) — Portugaliyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Pari Sen-Jermen va Portugaliya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi.

Sporting CP yoshlar akademiyasidan kelib, u 2020-yilda asosiy jamoadagi debyutini o'tkazdi va keyingi yili u klubi bilan Primeira Liga va Taça da Liga kuboklarini ko'lga kiritdi va klubi bilan Primeira Liga yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi. 2021-yilning avgustida u bir yillik ijara shartnomasi asosida Parij klubiga oʻtib, Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi va 38 million yevro evaziga doimiy ravishda klubga qoʻshildi.

Mendes sobiq Portugaliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan va o'z mamlakatini turli darajadagi musobaqalarda himoyachi sifatida himoya qilgan. U 2021-yilda kattalar terma jamoada debyut qildi va Evro-2020 uchun tarkibga kiritildi.

Klub karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolga kirib kelish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelib chiqishi Angolaning Lissabon okrugi Sintra shahrida tug'ilgan[1] Mendes 9 yoshdan boshlab futbol o'ynay boshlagan[2] va u yoshligida Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, David Alaba va Marselolarning muxlisi bo'lgan, u eng so'nggi ikki futbolchiga taqlid qilgan.[2] Uni talantini ko'rib qolgan maktab o'qituvchisi Bruno Botelho, uni Lissabon chetidagi mahalliy Despertar klubida o'ynashga taklif qilgan.[2] U uzining birinchi klubida boshqa futbolchilardan tezda ajralib qoldi, keyinchalik "Benfika," "Portu" va "Sporting CP"ning e'tiborini tortdi va 10 yoshida Portu klubining yoshlar jamoasiga qo'shildi.[2][3][4]

O'zining skaut tomonidan kuzatilayotgan jarayonida, maktabdan uyga qaytganida, Mendes uni bir odam kuzatib borayotganini tushundi. U o'g'irlanishidan qo'rqib, juda kambag'al mahallada joylashgan uyiga yugurdi; "stalker" aslida "Sporting" skauti bo'lib, keyinchalik uni shartnoma imzolashga ko'ndirgan.[5] Keyingi to'rt yil davomida u 14 yoshida Sporting akademiyasiga ko'chib o'tishdan oldin har kecha ustozi bilan mashg'ulot o'tkazish uchun ikki soatlik sayohat qilgan.[2]

Mendes dastlab hujumkor yarim himoyachi sifatida o'ynagan, keyin chap qanot himoyachisiga aylantirilgan, bu pozitsiyada boshida o'ynashga qinalgan.[2]

Sport CP[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fevral oyida COVID-19 pandemiyasi sababli yoshlar futboli mavsumini erta tugatilishiga qamay, Mendes jarohati tufayli noyabr oyida faqat bir marta o'ynaganiga qaramay, menejer Ruben Amorim tomonidan asosiy jamoaga chaqirilgan kichik yosh o'yinchilardan biri edi.[2] U professional debyutini 2020-yil 12-iyun kuni Primeira ligada Portu klubining Paços de Ferreyra klubiga qarshi 1–0 hisobi bilan gʻalaba qozongan uy uchrashuvida Markos Akunyaningning o'rniga 72-daqiqasida maydonga tushgan.[6][7][2]

U 2020-yilgi mavsum oralig'ida Sevilyaga ketganidan so'ng, Mendes atiga 18 yoshida Portuning birinchi tanloviga aylandi va 2002-yil sentabr oyida Krishtianu Ronaldudan kegin klubning asosiy tarkibiga kirgan eng yosh futbolchiga aylandi;[8][2] u jamoasining ligada qolgan yettita o'yinidan oltitasida maydonga tushdi.[2] U o'zining birinchi raqobatdosh golini klubi uchun o'sha yilning 4-oktabrida kiritdi, safarda Portimonensega qarshi 2–0 hisobi bilan g'alaba qozonilgan o'yinda.[9]

Mendes 2020-yil 19-dekabrda shartnomani uzaytirishga rozi boʻldi, uning sotib olish toʻlovini 45 million yevrodan 70 million yevroga oshirdi.[10] U bo'lajak chempionlar safida 29 ta o'yin o'tkazdi, shu bilan birga yilning eng yaxshi jamoasi nomiga sazovor bo'ldi.[11][12]

2021-yil 31-iyulda Mendes Bragadan 2–1 hisobida magʻlub boʻlgan va Supertasa Kandido de Oliveyrani zabt etishda Jovane Kabralga golli uzatma berdi.[13]

Parij Sen-Jermen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 31-avgustida Mendes sotib olish opsiyasi bilan bir mavsumga ijara asosida PSJga oʻtdi.[14] U Liga 1da klub safida debyutini 11-sentabr kuni oʻtkazdi va 85-daqiqada “Klermon” klubiga qarshi 4–0 hisobi bilan g'alaba qozanilgan o'yinda zaxiradan maydonga tushdi.[15] U Liga 1 chempionatidagi debyutidan 4 kun o'tgach UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi o'yinida "Bryugge " klubiga qarshi 1–1 hisobi qayt etilgan o'yinda 75-daqiqada Abdu Dialloni o'rniga maydonga tushdi;[16] u maydonga bir zumda ta'sir o'tkazdi, ayniqsa 77-daqiqada Lionel Messiga zarba berish uchun "ajoyib" yurishni amalga oshirdi.[17] U o'sha oyning oxirida "Lion" ustidan 2–1 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda o'zining birinchi startini qildi.[18]

Mendes 27 ta oʻyinning 18 tasida boshlang'ich tarkibda maydonga tushib,[19][20] PSJga klubiga 10-marta milliy chempionatda gʻalaba qozonishga yordam berdi va keyinroq “Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi” nominatsiyasiga nomzod boʻldi va ikki jamoadoshi bilan birga “Yil jamoasi” nominatsiyasiga kiritildi.[21][22] 2022-yilning 31-mayida uning tovon puli 38 million yevro etib belgilandi va u toʻrt yillik shartnoma imzoladi.[23][24]

Xalqaro martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mendesh 2020-yil 4-sentabrda 21 yoshgacha boʻlganlar Portugaliya terma jamoasining 2021-yilgi Yevropa chempionati saralashi doirasidagi Kiprga qarshi 4–0 hisobi bilan g'alaba qozongan o'yinda, debyut oʻyinini o'tkazdi.[25][26] Ilgari u 16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha va 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoa tarkibiga o'ynagan edi.[3]

Olti oy o'tgach, Mendes murabbiy Fernando Santos tomonidan JCh-2022 saralash bosqichida Ozarbayjon, Lyuksemburg va Serbiyaga qarshi[27][28] o'yinlar uchun kattalar jamoasiga chaqirildi va keyinchalik 21 yoshgacha bo'lganlar terma jamoasidan chetlashtirildi.[29] U birinchi marta 2021-yilning 24-martida Ozarbayjonga qarshi 1–0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda to'liq 90 minut maydonda harakat qildi.[30]

Mendes UEFA Evro-2020 uchun tanlangan edi,[31] ammo 1/8 finalda hech qanday o'yin o'tkazmadi.[32][33] Keyinchalik Santos uni turnir davomida Rafael Gerreyro bilan birga qo'llashni rejalashtirganini, ammo jarohati tufayli buni amalga oshira olmaganini ma'lum qildi.[34]

O'yin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosan hujumdagi qobiliyati, tezligi va texnik fazilatlari bilan mashhur bo'lgan Mendes asosan chap qanotdan hujum qiluvchi to'liq qanot himoyachisi yoki qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi, bu esa unga tik turib ham, qarshi hujumda ham xavf tug'dirish imkonini beradi. O'zining driblingidan tashqari, u yaxshi to'pni ushatib ber oladi, ajoyib to'p uzatish qobiliyatiga ega va uning jismoniy jasorati unga raqiblarini tezligi yoki kuchi bilan mag'lub etishga imkon beradi. Shuningdek, u hujumlarni oldindan ko'ra oladi va uzatmalarni yaxshi kesib oldidan bera oladi va to'pni raqibidan qaytarib ololaydi.[35]

Biroq, uning qobiliyati oldinga siljishiga qaramay, Mendesning o'yinining himoya tomoni vaqti-vaqti bilan ekspertlar tomonidan shubha ostiga olingan va ular uning maqsadi, oldidagi qarorlari, pozitsiyasi va xabardorligidagi nomuvofiqlikni yaxshilashga muhtoj zaif tomonlari sifatida tilga olishgan.[35]

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 14 May 2022[36]
Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha ko'rinish va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Kontinental Boshqa Jami
Bo'lim O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar O'yinlar Gollar
Sport CP 2019–20 Primera Liga 9 0 0 0 0 0 0 0 0 0 9 0
2020–21 Primera Liga 29 1 2 0 2 0 2 [lower-alpha 1] 0 35 1
2021–22 Primera Liga 2 0 0 0 0 0 0 0 1 [lower-alpha 2] 0 3 0
Jami 40 1 2 0 2 0 2 0 1 0 47 1
Parij Sen-Jermen (ijara) 2021–22 Liga 1 27 0 2 0 8 [lower-alpha 3] 0 37 0
Karyera jami 67 1 4 0 2 0 10 0 1 0 84 1
  1. Appearance(s) in UEFA Europa League
  2. Appearance in Supertaça Cândido de Oliveira
  3. Appearance(s) in UEFA Champions League

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

match played 5 June 2022[37]
Terma jamoa va yil bo'yicha O'yinlar soni va gollar
Milliy terma jamoa Yil O'yinlar Gollar
Portugaliya 2021-yil 11 0
2022 3 0
Jami 14 0

Faxrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sport CP

  • Primeira Liga: 2020–21[11]
  • Taça da Liga: 2020–21[38]
  • Supertaça Candido de Oliveyra: 2021[39]

Parij Sen-Jermen

  • Liga 1: 2021–22[40]

Individual

  • Primeira Liganing eng yaxshi jamoasi: 2020–21[41]
  • IFFHS Erkaklar Yoshlar (U20) Jahon jamoasi: 2021[42]
  • Union Nationale des Footballeurs Professionels Ligue 1 Yil jamoasi: 2021–22[21][22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Granada, Ricardo. „Nuno Mendes: "O meu pai estaria orgulhoso de mim"“ (pt). Record (31-iyul 2020-yil). Qaraldi: 26-noyabr 2020-yil.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 Maston. „Nuno Mendes: The wonderkid left-back with Ronaldinho's skills on Man Utd's radar“ (en). Goal (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 Ribeiro. „Nuno Mendes, o futuro dono da lateral esquerda dos leões“ (pt). O Ambidestro (19-may 2020-yil). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyun 2020-yil.
  4. Novo, David. „Acordar para o sonho: a história do início de Nuno Mendes no futebol“ (pt). Record (19-iyun 2020-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  5. Andrade. „Quando o Sporting bateu à porta de Nuno Mendes: não era assalto, era oportunidade de vida“ (pt). Goal (8-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2021-yil.
  6. „Sporting bate Paços de Ferreira com grande golo de Jovane“ (pt). Record (12-iyun 2020-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
  7. „Nuno Mendes estreou-se aos 17 anos pela equipa principal do Sporting“ (pt). Record (12-iyun 2020-yil). Qaraldi: 26-iyun 2020-yil.
  8. Tornesi, Duarte; Gomes, Rui Miguel. „Dois "tubarões" perguntaram por Nuno Mendes: eis a resposta do Sporting“ (pt). O Jogo (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
  9. Roseiro, Bruno. „Nuno Mendes não desiste. Por ele e pelo clube (a crónica do Portimonense-Sporting)“ (pt). Observador (4-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  10. „Inter linked Nuno Mendes extends contract with Sporting Lisbon, Portuguese media report“. One Football (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 22-dekabr 2020-yil.
  11. 11,0 11,1 Kundert. „10 reasons why Sporting are Champions of Portugal“. PortuGOAL (11-may 2021-yil). Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  12. „João Palhinha, do Sporting, no melhor onze da última edição da I Liga“ (pt). TSF (8-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  13. „Sporting vence Braga de virada e conquista Supertaça de Portugal“ (pt). Globo Esporte (31-iyul 2021-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  14. „Nuno Mendes joins Paris Saint-Germain“. Paris Saint-Germain F.C. (31-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  15. „Debuts for Donnarumma, Nuno Mendes and Bitumazal“. Paris Saint-Germain F.C. (11-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2021-yil.
  16. Bysouth. „Club Bruges 1–1 Paris Saint Germain“. BBC Sport (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2021-yil.
  17. Sarkar. „PSG player ratings vs Club Brugge: Messi's march to 5th UCL trophy begins“. High Press Soccer (15-sentabr 2021-yil). 2022-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2021-yil.
  18. „Paris pip Lyon at the post!“. Paris Saint-Germain F.C. (19-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 19-sentabr 2021-yil.
  19. „Messi scores as PSG win title, equal Ligue 1 mark“. ESPN (23-aprel 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  20. Zavala. „Report: Nuno Mendes' future at PSG gets a pivotal update“. PSG Talk (27-may 2022-yil). Qaraldi: 5-iyun 2022-yil.
  21. 21,0 21,1 „Kylian Mbappé named Ligue 1 player of the year“. Get French Football News (15-may 2022-yil). Qaraldi: 15-may 2022-yil.
  22. 22,0 22,1 „L'équipe type de la saison de Ligue 1 aux trophées UNFP avec un trio d'attaque Terrier-Ben Yedder-Mbappé“ (fr). L'Équipe (15-may 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  23. „El PSG ficha de forma permanente a Nuno Mendes por 40 millones de euros“ (es). Marca (31-may 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  24. Romano. „Official and confirmed. Paris Saint-Germain announce Nuno Mendes deal completed with Sporting by triggering the buy option clause.“. Twitter (31-may 2022-yil). Qaraldi: 31-may 2022-yil.
  25. „Rui Jorge estreia três jogadores do Sporting e um do Benfica nos sub-21“ (pt). O Minho (24-avgust 2020-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
  26. „Sub21: Portugal goleia em Chipre e Diogo Leite bisa“ (pt). Mais Futebol (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2020-yil.
  27. „Fernando Santos convoca Portugal e exalta Cristiano Ronaldo: "Tem o sonho de vencer a Copa"“ (pt). Globo Esporte (16-mart 2021-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  28. Kundert. „Sporting duo Nuno Mendes and João Palhinha called into Portugal squad as Cédric earns recall“. PortuGOAL (16-mart 2021-yil). Qaraldi: 24-mart 2021-yil.
  29. „Os convocados de Portugal para o Europeu sub-21“ (pt). Público (15-mart 2021-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2021-yil.
  30. „Portugal beat Azerbaijan 1–0 in opening World Cup qualifier“. PortuGOAL (24-mart 2021-yil). Qaraldi: 24-mart 2021-yil.
  31. „Portugal Euro 2020 squad update: full team preview“. FourFourTwo (13-iyun 2021-yil). Qaraldi: 31-avgust 2021-yil.
  32. Fernandes, Mariana. „Euro 2020 (grupo F). Portugal, o campeão que leva mala, tabaco e qualidade como nunca para só voltar daqui a um mês“ (pt). Observador (10-iyun 2021-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
  33. „Belgium 1–0 Portugal: Holders dethroned by Thorgan Hazard“. UEFA (27-iyun 2021-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2021-yil.
  34. „Fernando Santos explica não utilização de Nuno Mendes e Pote no Euro'2020“ (pt). O Jogo (27-iyun 2021-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2021-yil.
  35. 35,0 35,1 Silva. „Player analysis: Nuno Mendes“. Breaking The Lines (17-aprel 2021-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  36. Nuno Mendes Soccerway saytida
  37. „Nuno Mendes“. EU-Football.info. Qaraldi: 5-iyun 2021-yil.
  38. Ribeiro. „Sporting battle their way to League Cup glory with victory over Braga“. PortuGOAL (23-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2021-yil.
  39. „Sporting CP win Supertaça with victory over SC Braga“. Sporting CP (31-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  40. Bosher. „PSG crowned Ligue 1 champions after draw against Lens“. The Athletic (23-aprel 2022-yil). Qaraldi: 23-aprel 2022-yil.
  41. „Presenting the Liga NOS Team of the Year!“. Liga Portuguesa de Futebol Profissional (9-iyun 2021-yil). Qaraldi: 10-iyun 2021-yil.
  42. „IFFHS MEN'S YOUTH (U20) WORLD TEAM OF THE YEAR 2021“. International Federation of Football History & Statistics (9-dekabr 2021-yil). 9-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2021-yil.

Qo'shimcha ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andoza:Paris Saint-Germain F.C. squadAndoza:Portugal squad UEFA Euro 2020Andoza:2021–22 Ligue 1 UNFP Team of the Year