Nukus (avtomobil yoʻli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nukus - GʻUZOR AVTOMAGISTRALI — Oʻzbekiston Respublikasidagi xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻli. 1956—70 yillarda qurilgan. Gazlidagi gaz konining ochilishi va Buxoro — Ural gaz quvurining qurilishi uchun zaruriy yuklarni yetkazib berish, Amudaryoning quyi qismida joylashgan tumanlarni iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qurilgan. Yoʻl Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidan oʻtgan, Nukus, Beruniy, Toʻrtkoʻl, Gazli, Qarshi va Gʻuzor shaharlarini oʻzaro bogʻlaydi. N.-Nukus (avtomobil yoʻli) orqali qoʻshni Turk-manistondan mamlakatimizga kirib kelayotgan barcha xalqaro tranzit yuklar ham tashiladi. Bugungi kunda Yevropa mamlakatlari chiqadigan "Astraxon — Oqtoʻba" avtomagistraliga bogʻlanish uchun yoʻlning Mangʻishloq viloyatiga olib chiquvchi 407 km uzunlikdagi qismi zamonaviy andozalar talabida taʼmirlanmoqda.

Yoʻlning umumiy uz. 770 km. Shundan 408 km asfaltbeton, 362 km qora krplamali. Yoʻldagi transport harakatining oʻrtacha sutkalik katnov jadalligi Nukusda 1670, Xorazmda 1944, Buxoroda 6289, Qashqadaryoda 4945 avto-mobilga teng (2002).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil